O‘qituvchi faoliyatining
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
tuzilmasi
-
o‘quvchilarga
o‘quv
-
o‘quvmuammolarimohiyatini
muammosini taklif etish;
anglab olish;
-
o‘quvchilar
bilan
-
tadqiqot muammosini o‘qituvchi va
hamkorlikda
tadqiqot
o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda
masalasini o‘rnatish;
faollik ko‘rsatish;
-
o‘quvchilarning
ilmiy
-
ularni echish usullarini topish;
faoliyatini tashkil etish
-
tadqiqiy
masalalarni
echish
usullarini o‘zlashtirish
etilib, echimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli
yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Ko‘p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta’lim-
tarbiya jarayonining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan
guvohlik beradi.
Bular asosan, bizning fikrimizcha, o‘rganilayotgan ob’ektlarning ba’zi bir jihat
va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib,
mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday
holatlarni bartaraf etishda integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda
"Integratsiya" tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga
karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra yaqin paytlargacha etarli ahamiyat berilgan
emas.
Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning
yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi,
munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha:
"Tabaqalanish differensiatsiya - ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni
ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning
natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li
bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi.
Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash
yo‘li bilan hosil qilinadi". Genetik jihatdan integratsiya – uzviylik, predmetlararo
aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi,
kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng
kamida ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun
shakli va oliy darajasidir. CHunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi
darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar
orasida
o‘rnatilib,
ularni
o‘rganish
mazmunini
va
muddatlarini
muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik
asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan
predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama
aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z
navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi
va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga
imkon beradi. CHunki u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash
operatsiyalarini
talab
qilish
bilan
chegaralanib
qolmasdan,
balki
mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida
ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash,
tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini
talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan ob’ektni barcha muhim jihat va
xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab etish
va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim
ham uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan
holda rivojlanib boradi yoki aksincha.
Informatika va AT darslarida aralash ta’limdan qanday foydalanish
mumkin?
-Uyga vazifa tarmoqdagi guruxga muxokama uchun beriladi (vosita sifatida
ijtimoiy tarmoq yoki mobil messenjer tanlanishi mumkin)
-
Muxokamada faol o‘quvchilar passiv o‘quvchilarga biriktiriladi.
-
Mashg‘ulot ishlanmasida o‘quvchilar fikrlari inobatga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |