Mustaqil ish mavzulari (Xar bir talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan quyidagi mavzulardan biri bo’yicha mustaqil ish tayyorlash topshiriladi)
1
Marketingning mohiyati.
2
Marketing jarayoni
3
Bozor va bozor turlari
4
Iste’molchilarning ehtiyojlari
5
Marketing nazariyasi tushunchasi va uning evolyusiyasi.
6
Marketingning zamonaviy konsepsiyasiyalari
7
Marketing kompleksi
8
Marketing muhiti va uning komponentlari.
9
Siyosiy va madaniy muhitlar
10
Iste’mol bozorlari va xaridor xulq-atvorini o‘rganish
11
Iste’molchi xulq-atvori modeli
12
Iste’molchi xulq-atvoriga ta’sir etuvchi omillar
13
Marketingda axborotning roli.
14
Axborot turlari va ularning tasnifi
15
Marketing tadqiqotlari va tadqiqot uslublari
16
Marketing tadqiqotlari orqali axborot to‘plash usullari
17
Tovarlar va xizmatlar va ularning tasnifi
18
Alohida tovarlar va xizmatlar uchun qaror qabul qilish
19
Xizmatlar marketingi va ularning xususiyatlari
20
Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari
21
Reklama turlari va vositalari
22
Reklama faoliyatining mohiyati
23
Kompaniyalarda reklama faoliyatini tashkil etish
24
Chakana savdoning mohiyati va ahamiyati
25
Chakana savdoning funksiyalari va vazifalari
26
Chakana savdo turlari
27
Ulgurji savdo va ularning fuknsiyalari
28
Ulgurji savdo vositalari. Marketing kommunikatsiya vositalari
29
Marketing kommunikatsiya dasturlari
30
Marketing byudjetini aniqlash usullari
31
Reklamaning kommunikatsion samaradorligini baholash
32
Transport korxonalarida marketing
33
Korxona marketingini boshqarish tamoyillari
34
Raqobat strategiyasi mohiyati
35
M.Porterning raqobat strategiyasi
36
Mamlakatimizdagi korxonalarning marketing muammolari
37
Brendning qoidalari va strategiyalari.
38
Transportda marketing kommunikatsiyasi
39
Jamiyatga marketingning yalpi ta’sir
40
Marketingni davlat tomonidan tartibga solinishi
3
VI. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiaylar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
marketing konsepsiyasi, tamoyillari, funksiyalari, marketing faoliyatini tashkil etish tizimi, bozor kon’yukturasi, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya shaklida tasavvurga ega bo’lishi;
marketingni zamonaviy tendensiyalarini, marketing konsepsiyasidan samarali foydalanish, bozorni segmentlash, talab, taklif hajmini aniqlashni bilishi va ulardan foydalana iloshi;
zamonaviy marketing konsepsiyalarini tadbiq etish, marketing xizmatlarini tashkil etish, tovar raqobatbardoshligini oshirish, marketing kommunikatsiyasidan foydalanish ko’nukmalariga ega bo’lishi kerak;
4
VII.Fan bo’yicha talabalarning bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Baho
Talabaning bilim darajasi
“5”, a’lo baho
-“Marketing asoslari” fanidan o’tilgan mavzular bo’yicha to’liq va yetarli darajada nazariy hamda amaliy bilimlarga ega ekanligini namoyish eta olishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo’yicha to’g’ri xulosa va qarorlar qabul qilishi hamda muammolarni hal etishga ijodiy yondasha olishi;
-mustaqil fikrlashi va mushohada yuritishi;
-fanning mohiyatini aniq tushunish orqali uning asosiy qoidalarini to’liq bayon eta olishi;
-mamlakatimizda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lishi va h.k.
“4”, yahshi baho
- “Marketing asoslari” fanidan o’tilgan mavzular bo’yicha deyarli to’liq darajada nazariy hamda amaliy bilimlarga ega ekanligini namoyish eta olishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo’yicha ma’lum darajada xulosa va qarorlar qabul qilishi;
-mustaqil fikrlashi va mushohada yuritishga harakat qilishi;
-fanning mohiyatini aniq tushunish orqali uning asosiy qoidalarini ma’lum darajada bayon eta olishi va h.k.
“3”, qoniqarli baho
-“ Marketing asoslari” fanidan o’tilgan mavzular bo’yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga qisman o’zlashtirishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo’yicha qabul qilingan xulosa va qarorlarning to’liq va aniq emasligi;
-fanning mohiyatini tushunish orqali uning asosiy qoidalarini qisman bayon etishi va h.k.
“2”, qoniqarsiz baho
- “Marketing asoslari” fanidan o’tilgan mavzular bo’yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni o’zlashtirishning past darajasi;
-muhim topshiriq va masalalar bo’yicha xulosa va qarorlarni qabul qila olmasligi;
-fanning mohiyatini tushunmasligi hamda uning asosiy qoidalarini bayon eta olmasligi va h.k.
VIII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol pedagogik texnologiyalar va grafik organayzerlar;
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual ishlamalar;
jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.