Forobiy ulug` faylasuf olim sifatida umumiylik va xususiylik dialektikasi nuqtai nazaridan tilga, lisoniy hodisalarga ham murojaat qiladi.
U ot, fe`l va yuklama kabi so`z turkumlarining arab tilida ham, yunon tilida ham mavjudligini aytib, buni umumiylik sifatida talqin qiladi. Ayni vaqtda arab tilshunoslari ushbu so`z turkumlarini shu til hodisalari, birliklari asosida tahlil qilsalar, yunon tilshunoslari esa qayd etilgan morfologik kategoriyalarni o`z ona tili materiallari asosida o`rganishlarini ta`kidlaydiki, bu jarayon xususiylik sifatida namoyon bo`ladi. Abu Rayhon Muhammad Ibn Ahmad al-Beruniy O`rta asr Yevropasida Aliborona nomi bilan mashhur bo`lgan qomusiy alloma xorazmlik Abu Rayhon al - Beruniy (937-1048), ma`lumotlarga qaraganda, 150 dan ortiq asar yaratgan. Ushbu asarlar matematika, fonetika, kimyo, astronomiya, jo`g`rofiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa, riyoziyot va tilshunoslik kabi qator sohalarga oid bo`lib, jahon ilm-fanining durdonalari sifatida qadrlanadi. Abu Rayhon Beruniyning lisoniy qarashlari «Saydana» nomli asarida beriladi. Anig`i, ushbu asar dorivor o`simliklar, hayvonlar va ma`danlar tavsifiga bag`ishlangan bo`lib, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Buyuk alloma ushbu asarda dorivor moddalarning bir necha tillarda qanday nomlanishinigina bayon qilib qolmasdan, balki ushbu moddalarning har bir tildagi mahalliy, ya`ni har bir shevadagi nomlanishini ham alohida ko`rsatib beradi. 01 04 02 03 “Saydana” asari Beruniy predmet va uning nomi munosabati masalasiga alohida ahamiyat beradiki, ayni masala qadimgi tilshunoslik davridan to shu kungacha ham til haqidagi fanning eng dolzarb muammolaridan biri bo`lib kelmoqda. Beruniy she`riyat masalalari bilan ham shug`ullanadi, asarlar yaratadi, o`zi ham she`r ijod qiladi. U «Saydana» asarida qator shoirlarning she`riyatidan namunalar keltiradi.