Olimlari: Zamaxshariy, Farobiy, Ibn Sino



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#188249
  1   2   3   4   5   6
O\'rta Osiyo tilshunos olimlari


O’rta Osiyo tilshunos
olimlari: Zamaxshariy, Farobiy, Ibn Sino
Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873-930) yaratgan asarlar ichida «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi so`z») kitobi tilshunoslik masalalariga bag`ishlanganligi bilan ajralib turadi. Buyuk alloma tilshunoslikning fonetika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya va stilistika kabi bo`limlari haqida dastlabki tushunchalarni bergan. Forobiy fonetika haqida fikr yuritar ekan, nutq tovushlari, tovushlarning undosh va unli turlari, undosh tovushlarning paydo bo`lishi, o`rni, unli tovushlar va ularning xususiyatlari, so`zga qo`shimchalar qo`shganda yuz beradigan tovush o`zgarishlari, so`zning fonetik me`yori haqida fikr yuritadi. U leksika yuzasidan ma`lumot berar ekan, leksik birlik bo`lgan so`z masalasiga, so`z ma`nolarining tasnifi masalasiga to`xtaladi. Ya`ni so`z ma`nosining ikki turini: sodda va murakkab bo`lishini ko`rsatadi. Sodda ma`noli so`zlarga: odam, hayvon, gul, ovqat, osmon kabi atash vazifasini bajaruvchi alohida so`zlarni kiritsa, murakkab ma`noli so`zlarga: narsa va uning belgisini bildiruvchi - Bu odam – bilimli, bu gul - o`simlik kabi ifodalarni kiritadi.
Morfologiya
Forobiy morfologiya masalasida so`zlarni arab tilshunosligiga asoslangan holda ot, fe`l va harflarga ajratadi. Otlarni ikkiga: atoqli va turdosh otlarga bo`ladi. Aniqrog`i, sodda ma`noli so`zlarni ikkiga ajratadi: 1) atoqli otlar: Zayd, Amr; 2) turdosh otlar: odam, hayvon, ot va boshqalar. Otlarga son kategoriyasi (birlik, ikkilik, ko`plik), fe`llarga zamon (o`tgan, hozirgi, kelasi zamon) kategoriyasi xosligini ta`kidlaydi.U sintaksis masalasida so`z birikmasi haqida, nutqning qismlarga bo`linishi, so`zlarning qanday birikish qoidalari va hukm bildirishi, so`zlarning qo`shilish turlari haqida fikr yuritadi. Forobiy orfografiya masalasida so`zlarning yozilish qoidalari yuzasidan ham dastlabki ma`lumotlarni beradi.
01
03
04
02
She’riyat
Forobiy she`riyat - she`r haqida fikr yuritar ekan, she`rning yozilish o`lchovlari, ya`ni she`rning yozilishidagi to`liq va noto`liq o`lchovlar, qaysi o`lchov yoqimli va chiroyli ekanligi, umuman, she`r tovush va bo`g`inlardan tashkil topishi haqida fikr bayon qiladi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin