Beruniy asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomiga izoh beradi. Har bir bob bir harfga bag`ishlanadi.
U asarda 4500 dan ortiq arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, so`g`dcha, turkcha va boshqa tillardan o`simlik, hayvon, dorivorlar nomlarini to`playdi va izohlaydi. Demak, «Saydana» asari ayni vaqtda dorivor moddalar nomlarining izohli lug`ati sifatida ham qadrlanadi. Muallif asarda dorivor moddalar nomini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan boshlanuvchi bir necha so`z bo`lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Mazkur lug`at ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lug`at sifatida alohida ahamiyatga egadir.
Abu Ali ibn Sino
Ovrupoda Avitsenna nomi bilan mashhur bo`lgan
Sharqda ulug`lab, «Shayhurrais» nomi bilan atalgan vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (980-1037) turli sohalarda, shu jumladan, tilshunoslik bobida ham bir qancha asarlar yaratdi.
Qomusiy alloma Ibn Sino: 1) «Kitobi al milh finnahv» («O`tkirlik sintaksisda ekanligi kitobi»)
2) «Kitob lisonul arab» («Arab tili kitobi») 3) «Asbobi xudut al xuruf» («Tovushlarning chegaralanish sabablari») kabi tilshunoslikka oid qator asarlar qoldirdi.
Shu kungacha «Asbobi hudut al huruf» asarining to`rtta nashri: Qohira (2), Tiflis nashri va Toshkent nashrlari ma`lum.
Asarning Toshkent nashrini tayyorlashda prof. A.Mahmudov va prof. Q.Mahmudovlar ishtirok etgan
“Asbobi hudut al huruf” asari
Ushbu asar kirish va olti bobdan tashkil topgan.
Manbada tovushning hamda nutq tovushlarining paydo bo`lish sabablari, bo`g`iz va tilning anatomiyasi, ayrim arab tovushlarining paydo bo`lishidagi o`ziga xosliklari, ushbu tovushlarga o`xshash nutq tovushlari hamda tovushlarning nutqiy bo`lmagan harakatlarda eshitilishi kabilar haqida fikr yuritiladi.
Ibn Sino tovushning hosil bo`lishida havoning to`lqinsimon harakati sabab ekanligini to`g`ri ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |