1. UMUMIY KO’RSATMALAR 1.1. Quyidagi normativ huquqiy xujjatlar asosida talaba mustaqil ishini tashkil qilish to’g’risida tavsiya ishlab
chiqildi:
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 345-sonli qarori;
-
Oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish tartibi to’g’risida”gi Nizom; 21.02.2005 yil № 34
buyruq.
1.2. O’quv jarayonida o’quv vazifalari o’zaro bog’liq uch turga bo’linadi:
-
auditoriya ishi an’anaviy shaklda: ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar;
-
talabaning mustaqil ishi;
-
maslahat va baholash soatlari: topshiriqning bajarilishi bo’yicha individual maslahatlar berish, topshirqni nazorat
qilish va natijasini baholashni amalga oshirish.
1.3. Talabaning mustaqil ishi (TMI) – bu bevosita o’qituvchining ishtirokisiz aniq bir maqsadga qaratilgan talaba
uchun yangi bilim va ko’nikmalarni egallash jarayoni. TMI predmet yo’nalishida aniq bo’lishi va shu bilan birgalikda
samarali nazorat qilinishi va uning natijalari baholashi kerak.
1.4. Talabaning mustaqil ishi predmetli va mazmunan Davlat ta’lim standarti, o’qitishnig turli shakllarida ta’lim
dasturlari bo’yicha mavjud o’quv rejalari, o’quv fani bo’yicha ishchi dasturlar, TMI ni o’tkazish vositalari (o’quv
qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar, amaliy dasturlar va hokazolar) bilan aniqlanadi. TMI ni amalga oshirishning aniq
turlari va usullari o’quv fani bo’yicha ishchi dasturda ko’rsatiladi.
1.5 Mustaqil ishni amalga oshirishda har bir talaba uchun o’quv uslubiy ta’minotni nazarga olish kerak:
-
nazariy (hisoblashga oid, grafik va hokazo.) va amaliy (laboratoriyali, o’quv – tadqiqiy va boshqalar)
topshiriqlarni bajarish usullari;
-
axborot manbaalari (ma’lumotnomalar, o’quv qo’llanma, individual topshirqlar to’plami, o’qituvchi dasturlar,
amaliy dasturlar paketi va boshqalar);
-
metodik materiallar (ko’rsatma, qo’llanma, masalalar to’plami va boshqalar);
-
nazorat qiluvchi materiallar (testlar, masalalar, savolnomalar);
-
moddiy resurslar (kompyuter, o’lchashga oid va texnologik asboblar);
-
vaqt resurslari;
-
maslahatlar (o’qituvchi);
- talabalar mustaqil olgan nazariy va amaliy natijalarni oshkora muhokama qilish (konferensiyalar, olimpiadalar,
bellashuvlar).
1.6 Mustaqil ishni nazorat qilish va uning natijalarini baholash quyidagi ikki shakl birligida tashkil qilinadi:
-
talabaning o’z-o’zini nazorat qilishi va baholashi;
-
o’qituvchi tomonidan nazorat qilish va baholash.
1.7. Talabaning mustaqil ishi kafedrada, kompyuter zallarida, kafedra bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan
ishlab chiqarish korxonalari va boshqa muassasalarda tashkil qilinadi.