Kvartillararo kenglik (IQR)– bu pastki va yuqori kvartillar orasidagi oraliq: IQR = QU - QL Bosib o’tilgan masofa bo’yicha ma’lumotlar bazasi (2.2-jadvalga qarang) uchun MINITAB orqali hosil qilingan quti shaklidagi diagramma2.31–rasmda keltirilgan * .E’tibor bersangiz, to’rtburchak chizilgan bo’lib, to’rtburchakning eng quyi va eng yuqori qismi mos ravishda Q L vaQ U kvartillar yonida chizilgan. Eslasangiz, Q L 25-pertsentilni, Qu esa 75- pertsentilni ifodalaydi. Tarifdan kelib chiqadiki, demak o’rta, ya’ni Q L va Q U o’rtasidagi o’rsatkichlarning 50% - ushbu qutining ichida yotadi. Bosib o’tilgan masofa bo’yicha ma’lumotlar bazasi uchun kvartillar 35.625 va 38.375. Demak, IQR = 38.375 - 35.625 = 2.75 37 soni bo’yicha o’tuvchi gorizontal chiziq orqali mediana ko’rsatilgan. Quti shaklidagi diagrammani hosil qilishni tushinish uchun ichki chegara va tashqi chegara deb nomlanuvchi ikkita chegaralardan foydalaniladi. Ushbu chegaralarning hech biri grafikda ko’rinmaydi. Ichki chegara diagramma shohlaridan 1.5 (IQR) masofada joylashadi. Qutining shohlaridan chiquvchi vertikal chiziqlar yon chiziqlar deb ataladi. Ikkita yon chiziqlar ichki chegaradagi eng ekstrumum ko’rsatkichlarga tutashadi. Masalan, bosib o’tilgan masofaning quyi tomonidagi ichki chegara quyidagiga teng Pastgi ichki chegara = Pastki shoxcha- 1.5(IQR) = 35.625 - 1.5(2.75) = 35.625 - 4.125 = 31.5 *
Manba: Lames McClave, Terry Sincich. Statistics. 12
th
edition. Pearson Education, Inc. 2013. 78-84 pp.
*
Garchi quti shaklidagi diagramma qo’lda yasalishi mumkin bo’lsada, barcha detallari aniq tasvirlash kompyuter ko’proq mos keladi. Biz quti
shaklidagi diagrammalarni shakllantirishda kompyuter dasturlaridan foydalanamiz.