12-masala. Hududda mehnat resurslarining soni quyidagicha bo’lgan (ming kishi). 1.01. 2014-y.-560,4;
1.04.2014-y.-576,5; 1.07. 2014-y.-592,0; 1.10. 2014-y.-604,8; 1.01. 2015-y.-624,7.
Hudud mehnat resurslarining o’rtacha yillik sonini hisoblang.
13-masala. Tuman aholisining yoshi bo’yicha
quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Aholi turi
Aholi soni, (ming kishi)
1.01.2014-y.
1.01.2015-y.
-Mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo’lgan aholi (0-
15 yosh)
-Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi (erkaklar 16-
59 yosh, ayollar 16-54yosh)
-Mehnatga qobiliyatli yoshdan o’tgan aholi
50,6
79,2
32,9
56,4
92,3
38,8
Jami: 162,7 187,5 Hisoblang:
1) alohida yosh guruhlari bo’yicha aholi salmog’ini;
2) mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining demografik yuklamasini tavsiflovchi koeffitsiyentlarini:
a) mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo’lgan aholi bo’yicha;
b) nafaqa yoshidagilar bo’yicha;
v) jami mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilar bo’yicha.
14-masala. Zavodda ishchi va xodimlarning yil davomidagi soni va harakati haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan
(kishi hisobida):
Ko’rsatkichlar
Xodimlar
Ishchilar
Joriy yil boshida ro’yxatdagilar soni
Ishga qabul qilinganlar soni
Ishdan bo’shatilganlar –jami
shu jumladan :
-mehnat imtizomini buzganligi sababli
-o’z hoxishiga binoan
-boshqa sabablarga ko’ra
Yil davomida doimiy ishlaganlar
120
14
8
2
3
3
115
2850
90
38
8
20
10
2740
Ishchilar va xodimlar bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlar hisoblansin:
1) o’rtacha ro’yxatdagi soni;
2) ishga qabul qilish koeffitsyenti;
3) ishdan bo’shatish koeffisiyenti;