2. Mehnat resurslari statistikasi Mehnat resurslari – mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi hamda qonun hujjatlarida belgilangan iqtisodiy
faollikning quyi va yuqori yosh chegaralariga kirmaydigan ishlayotgan shaxslar.
MR=MQA+IO’P. Iqtisodiy faol aholi – mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar,
shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda
xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi.
IF=IT+IM Ish bilan ta’minlanganlar bu: pul yoki naturada taqdirlash uchun yollanish bo’yicha haftada kamida 2 soat
mobaynida ish bajargan shaxslar, shuningdek o’z faoliyati uchun taqdirlash yoki daromad olish muddatidan qat’i nazar
foyda yoki daromad olish uchun yollanmagan tarzda ish bajaruvchi shaxslar; kasallik yoki jarohat, bemorni parvarish qilish
tufayli; har yillik ta’til yoki dam olish kunlari; o’z ish joyidan tashqarida o’qish; ma’muriyatning tashabbusi bilan ish haqi
saqlangan yoki saqlanmagan holdagi ta’til hamda shunga o’xshash sabablarga ko’ra ishda vaqtincha bo’lmagan shaxslar;
haq to’lanmagan holda oilaviy korxonada ishlarni bajargan shaxslar.
Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi (ishsizlar) – amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
rasman ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi
mashg’ulotga, mehnat organlari ko’magida yoki mustaqil ravishda faol ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga
joylashishga tayyor bo’lgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslar.
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi – iqtisodiy faol aholi tarkibiga kirmaydigan mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli
aholi.
Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi:
MM ITnr ITr B