Statistik xulosa – bu tanlamani tashkil etuvchi axborotlar asosida bosh to’plam haqida prognozlashtirish va
ba’zi bir boshqa umumlashtirishlarni baholashdir.
Xulosa qilishda, biz uning
ishonchliligini , ya’ni bu xulosaning qanchalik yaxshiligini bilishimiz zarur. Biz
uchun ishonchli yagona to’g’ri usul bo’lib, bosh to’plam to’g’risida xulosa qilishga tanlamaga barcha bosh to’plamni
kiritish hisoblanadi. Ammo resurslarning cheklanganligi (ya’ni, vaqt yoki mablag’ning yetishmasligi) tufayli, odatda, biz
butun bosh to’plam bo’yicha ish olib boraolmaymiz, shuning uchun biz xulosalarimizni bosh to’plamning bir qismi
(tanlama) bo’yicha qurishimiz mumkin. Shunday qilib, biz o’zimizning xulosalarimizga
noaniqlik unsurini kiritamiz.
Binobarin, imkon qadar, doimo har bir qilingan xulosaning ishonchliligi aniqlash va xabarini yetkazish muhim
ahamiyatga ega. Ishonchlilik – bu xulosaviy (analitik) statistika muammosining beshinchi unsuridir.
Ishonchlilik darajasi , xulosa bilan birga sodir bo’lib, statistika fanini fol ochish san’atidan ajratib turadi.
Xiromantika, statisti sifatida, namunani (sizni qo’lingizni) o’rganishi va bosh to’plam (sizning hayotingiz) to’g’risida
xulosa qila oladi. Ammo statistik xulosalardan farqli o’laroq, o’quvchining kafti bo’yicha xulosalar – ishonchlilik
ko’rsatkichi emas.
Statistik metodlardan foydalanib, biz
xatoning cheklanishini baholashimiz mumkin. Bu cheklashish – shunchaki
son bo’lib, xatomizning bahosi (tanlanmadagi o’rtacha yosh va bosh to’plamdagi o’rtacha yosh o’rtasidagi tafovut)
ma’lum ehtimoldan oshib ketmaydi. Keyingi boblarida bu baho xulosalarimiz noaniqligining o’lchovidir ekanligini
ko’rasiz. Statistik xulosalarning ishonchliligi muayyan matnda muhokama qilinadi. Ayni paytda, xulosa uning
ishonchliligi darajasisiz to’liq emasligini siz tushunishingizni, biz shunchaki istaymiz.
2
James T. McClave, Terry Sincich “Statistics”. Pearson Education. 2013, p.5