65
Q*P – nominal YAIM, ya’ni pulga talab bo’lsa, M*V – pul taklifini ifodalaydi.
Yuqorida keltirilgan tenglama daromadlarning doiraviy aylanishini ko’rsatadi.
Yana bir makroiqtisodiy ayniyat bo’lib YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli hisoblanadi, ya’ni
YAICH – OI = YAIM.
Boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashdagi boshqa ayniyatlarni davom ettirish mumkin.
YAIM + xorijdan olingan sof omil daromadlari = YAMD
YAMD – asosiy kapital iste’moli = SMD (sof milliy daromad)
SMD – bilvosita soliqlar + subsidiyalar = MD (milliy daromad)
Yuqorida keltirilgan barcha makroiqtisodiy ayniyatlar MHTdagi asosiy agregatlarni hisoblashda qo’llaniladi.
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIM quyidagicha aniqlanadi:
YAIM=UPI+INH+JPI+SE ,
bu erda: YAIM – yalpi ichki mahsulot; UPI – uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; INH – investitsiya
xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE – sof
eksport (eksport – import).
Jamg’arish va investitsiya ayniyati quyidagi ko’rinishga ega:
JA = YAIM – UPI – JPI,
UPI+ JPI + INH = JA + UPI + JPI,
yoki
INH = JA.
O’z navbatida, jamg’arish(JA): xususiy jamg’arma (HJ), davlat jamg’armasi (DJ) va tashqi dunyo jamg’armalarini
(TJ) qamrab oladi, ya’ni
JA = HJ + DJ + TJ.
Xususiy jamg’armalar quyidagicha shakllanadi:
HJ = (YAIM + TR + DQ – XS) – UPI ,
bu erda: TR – xususiy sektorga davlat transfertlari; DQ – davlat qarzi (qimmatbaho qog’ozlar) bo’yicha olingan foizlar;
XS – xususiy sektor tomonidan to’langan soliqlar; UPI – uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari.
Davlat jamg’arishini ifodalaydigan ayniyat quyidagi ko’rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: