O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“OLIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
MN-319 talabasi Nazarqosimov Lazizbekning
IQTISODIY MATEMATIK USULLAR VA MODELLAR
fanining “Milliy iqtisodiyotning tarmoqlararo balans modeli” mavzusidan yozgan №3- laboratoriya mashg’uloti
Samarqand-2023
U.Z.Raximova “Iqtisodiy jarayonlarda optimallashtirish usullarini qo‘llash”. Uslubiy ko’rsatma. Samarqand. SamISI, 2022 yil.
Uslubiy ko’rsatma “Iqtisodiy matematik usullar va modellar” fani uchun tuzilgan ishchi o’quv dastur asosida tuzilgan bo’lib (kafedraning 2022 yil avgusdagi №1 sonli bayonnomasi), talabalarda nazariy va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Taqrizchilar:
X.Qarshiboyev
|
SamISI, “Oliy matematika” kafedrasi mudiri, dotsent
|
U.Quljonov
|
SamDU, “Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika” kafedrasi mudiri, dotsent
|
Ushbu uslubiy ko’rsatma bakalavriatning 5230200-menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5231700-kadrlar menejmenti ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, uslubiy ko’rsatma laboratoriya ishlarini bajarish uchun talabalarga amaliy yordam sifatida tuzilgan. Laboratoriya ishlarini bajarishning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, talaba fanni o’rganish jarayonida olgan bilimlarini bevosita amaliyot masalalarini yechishga tadbiq etishni o’rganadi.
Ushbu uslubiy ko’rsatma Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o’quv-uslubiy Kengashining 2022 yil «___» __________ № __ sonli qarori bilan tasdiqlangan va ko’paytirish uchun tavsiya qilingan.
Kirish
Ushbu tarmaqlararo balans usuli asosiy iqtisodiy matematik usullardan biri bo’lib, mamlakat, tarmoq, karxonalar darajasida maxsulot ishlab chiqarish va uni taqsimlashning optimal yechimlarini aniqlash, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini me’yorlash, taxlil qilish hamda bashorat qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Fan mavzulari bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarishga asosiy e’tiborni qaratish juda muhim. Chunki talaba aynan laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida tegishli mavzu va fanning asosiy tushuncha hamda nazariy bilimlarini chuqur o’rganadi va mustahkamlaydi.
Talaba iqtisodiy matematik usullar va modellar Fani bo’yicha tushunchalar va bilimlarni amaliy va tajriba natijalarini tadqiq etishda, iqtisodiyotning makro va mikro masalalarini tekshirishda, natijalarni umumlashtirishda, taxlil qilishda, rejalashtirishda foydalanadi va bashorat qilishning ilmiy usullarini o’rganadi. Bu talabalarda iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish ko’nikmalarini shakllantirib, amaliyotga qo’llash uchun ishtiyoq uyg’otadi.
Dostları ilə paylaş: |