2. Oliy nerv faoliyatining neyrodinamik tiplari.
3. Odamni oliy nerv faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari.
4. Aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi.
Oliy nerv faoliyati. Nerv tizimining umumiy faoliyati shartli ravishda quyi va oliy nerv faoliyatlariga bo’lib o’rganiladi. Nerv tizimining turli ichki a’zolar va skelet muskullarini uyg’unlashgan holda ishlashini boshqarib turadigan funktsiyasi quyi nerv faoliyati deyiladi. Nerv tizimining tez — tez o’zgarib turadigan, uning tashki sharoitga moslashishini ta’minlaydigan funktsiyasi oliy nerv faoliyati deb nomlanadi.
Oliy nerv faoliyati odam va hayvonlar xulq — atvorini, ulardagi ruhiy jarayonlarni va miyada, ayniqsa katta yarim sharlarda, turli ijtimoiy harakatlar va ruhiy jarayonlarning mexanizmlarini o’rganadigan fandir. Bunday jarayonlarga fe’l — atvor, instinkt, hissiyot, mayl —istak, ehtiyoj, uyqu va bedorlik, signal tizimlari, bosh miyada nerv jarayonlarining faolligi kabi murakkab ruhiy fiziologik hodisalar kiradi.
Oliy va quyi nerv faoliyatlarini qat’iy ajratish qiyin, chunki ularning faolligi bir —biriga bog’liq. Quyi nerv faoliyatining fiziologik asosi — shartsiz reflekslardir. Oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi shartli va shartsiz reflekslarning yig’indisidir. Oliy nerv faoliyati, I.P. Pavlov ta’rifi bo’yicha, odamning fe’l— atvoridir. Fe’l— atvor esa tug’ma va hayot davomida orttirilgan harakatlar — instinkt va reflekslardan iborat bo’ladi.
Oliy nerv faoliyatining neyrodinamik tiplari. Asosiy nerv xossalarining tasnifi asosida odamlarda oliy nerv faoliyatining xilma— xilligini ko’rishimiz mumkin. I.P.Pavlov tasniflanishi asosida oliy nerv faoliyatining quyidagi: 1) kuchli muvozanatlangan harakatchan (labil); 2) kuchli muvozanatlangan inert; 3) kuchli muvozanatlashmagan va 4) kuchsiz tiplarni ajratdi.
Kuchli muvozanatlangan harakatchan (labil) tip. Nerv hujayralarining yuqori qo’zg’aluvchanligi, ularning harakatchanligi va muvozanatlanganligi bilan izohlanadi.
Kuchli muvozanatlangan inert tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo’lishi va ularning harakatchanligi uncha yuqori emasligi bilan ta’riflanadi.
Kuchli muvozanatlashmagan tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo’lishi bilan va qo’zg’alish tormozlanishdan ustun bo’lishi (ularning muvozanatlashmaganligi) bilan tasniflanadi.
Kuchsiz tip nerv hujayralarining suet ish qobiliyati va, demak, nerv jarayonlarining kucheizligi bilan tasniflanadi,
Aytib o’tilgan oliy nerv faoliyatining tasniflanishi nisbiydir, chunki ko’pincha turli tiplar birgalikda bo’ladi va ulardan bitta — ikkitasi ustunroq bo’lishi mumkin. Oliy nerv faoliyati tiplarini belgilash hozirgi zamon fiziologiyasida 30 dan ortiq bo’lgan ko’rsatkichlar asosida amalga oshadi.
I.P. Pavlov ko’rsatib o’tgan to’rtta tipi yunon olimi Gippokrat tomonidan aniqlagan to’rtta temperamentga moe keladi. Gippokrat organizmdagi turli biologik suyuqliklarning miqdori turlicha bo’lganligi uchun odam temperamentini 4 ta guruhga bo’lish mumkinligini ko’rsatdi. Gippokratni fikricha tanada qizigan qoni ko’paygan kishi — sangvinikdir. Agar odam tanasi tarkibida sovuq shilimshiq modda ko’p bo’lsa, u sovuqqon osoyishta tip — flegmatik bo’ladi. Organizmda achchiq safrosi ko’paygan odam o’zini ushlab olmaydigan — xolerik tipga mansub bo’ladi va tanada qoraygan safroni bo’lishi kuchsiz tip melanxolik tabiatli odamlarga xosdir. Ko’rinib turibdiki, Gippokratning sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik tiplari I.P. Pavlov ko’rsatgan oliy nerv faoliyatining to’rtta tipiga muvofiqdir. Gippokrat va I.P. Pavlov tasniflari solishtirgandan keyin osonlikcha quyidagi atamalar juftlarini tuzish mumkin: kuchli, muvozanatlashmagan tip — xolerik; kuchli muvozanatlangan, harakatchan — sangvinik; kuchli muvozanatlangan, inert tip — flegmatik, kuchsiz tip — melanxolik.