2017 yil 7 fevralda qabul qilingan 4947-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni .... =*O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida
2017 yil noyabr oyida Jizzax va Toshkent shaharlarida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining necha yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi? =100 yilligiga
2017 yil hisobida oliy ta’lim muassasalarining soni nechtani tashkil etadi? =81 ta
2017 yil hisobida hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining filiallari nechtani tashkil etdi? =15 ta
2017 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari necha foizni tashkil etdi? =5,5 foizni
2017 yilda qancha xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi? =60 dan ortiq
2017 yilda madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida gapirganda, avvalo, madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli nechta hujjat qabul qilindi? =12 ta
2017 yilda mamlakatimizda nechta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi? =45 ta
2017 yilda mamlakatimizda nechta erkin iqtisodiy zona faoliyati yo‘lga qo‘yildi? =12 ta
2017 yilda eksport hajmi qariyb necha foizga ko‘paydi? =15 foizga
2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan qancha yangi ish o‘rinlari tashkil etildi? =336 mingdan ziyod
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab magistraturada kadrlar tayyorlash tizimini tanqidiy tahlil qilish, magistratura ta’limi jarayonining barcha bosqichlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish choralarini ko‘rish qaysi me’yoriy xujjatda ko‘rsatilgan?=*O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning № 3151-son Qarorida
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari kafedralarining maqomini ko‘tarish, bunda ularning ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish, kafedra va professor-o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan turli statistik va boshqa hisobotlar sonini optimallashtirish orqali ularni tayyorlash jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish choralarini ko‘rish qaysi me’yoriy hujjatda o‘z aksini topgan?=*O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 iyuldagi 3151 – sonli Qarori.