69. Qaysi xalqaro moliyaviy tashkilotning asosiy maqsadi a‘zo mamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish hisoblanadi? ====
# Xalqaro valyuta fondi
====
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
====
Xalqaro moliya korporatsiyasi
=====
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi
+++++
70. Markazlashtirilmagan kapital qo’yilmalar nimalarni o’z ichiga oladi? ====
# Korxonalar va aholi mablag’lari, to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar
====
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag’lari
====
Aholi mablag’lari, hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari
====
Tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari va kreditlari, korxona mablag’lari
++++
71. Quyida keltirilganlardan qaysi biri loyihalarni o’z mablag’lari evaziga moliyalashtirish manbasi bo’la olmaydi? =====
# Uzoq muddatli kreditlar
====
Amortizatsiya ajratmasi
====
Sof foyda
====
Taqsimlanmagan foyda
++++
72. Qaysi xalqaro moliyaviy tashkilot investorlarni sug‘urtalash xizmatlarini taklif etadi? ====
# Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik
====
Investitsion nizolarni hal etuvchi markaz
====
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
====
Xalqaro moliya korporatsiyasi
++++
73. Qaysi xalqaro moliyaviy tashkilot investorlar o’rtasidagi nizolarni tartibga soladi? ====
# Investitsion da’volarni tartibga soluvchi xalqaro markaz
====
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
====
Xalqaro moliya korporatsiyasi
====
Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik
+++++
74. Korxona kreditga layoqatliligining asosiy ko’rsatkichlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? ====
# Qoplash koeffitsiyenti, likvidlilik koeffitsiyenti, mustaqillik koeffitsiyenti
====
Kapitalning o’rtacha tortilganlik koeffitsiyenti, foydaning ichki me’yori koeffitsiyenti
====
O’z aylanma mablag’lari mavjudligi koeffitsiyenti, aylanma mablag’lar aylanuvchanligi koeffitsiyenti
=====
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi, muxtoriyat koeffitsiyenti
++++