Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Muxtoriyatchilar harakatining yemirila borishi



Yüklə 180,09 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü180,09 Kb.
#202546
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Milliy davlatchilik t

2.2 Muxtoriyatchilar harakatining yemirila borishi
Tinch yo`l bilan hokimiyatni olishga ishongan Turkiston Muxtoriyati o`zini himoya qilishga yetarli tayyor bo`lmadi.Shunga qaramay muxtoriyatchilar sovet qo`shinlari hujumini 3 kun qaytardi. “Turkiston, turkistonliklar uchun “ shiori bilan chiqqan muxtoriyatchilar muqaddas urush g`azovot e`lon qildilar va viloyatlardan yordam kutdilar.Biroq, afsuski, muxtoriyatchilar boshqa joylardan yetarli darajada harbiy yordam olishmadi.Ayni paytda Turkiston o`lkasi H.K.S.
Toshkent, Namangan, Samarqandda shahar dumalarini tarqatdi.Sobiq general-gubernator kansellariyasini tugatdi.Burjua gazetalarini yopdi.
Paxta zahiralarini musodara etdi.Neft qazib chiqarish baliqchilik sanoati, Xiva kemachilik jamiyati, barcha bosmaxona va tipografiyalarda milliylashtirishni o`tkazdi. F K (favqulodda komissiya) tashkil etdi. Din davlatdan va maktab dindan ajratilishi e`lon qilindi.Qo`qon musulmon aholisi rus va armanlarni qirg`in qilib, shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi vayron etdi degan atayin tarqatilgan mish-mishlar bolshevistik sovetlarga sodiq harbiy bo`linmalar orasida musulmonlarga qarshi qahr-g`azab uyg`otishga xizmat qildi. Qo`qon hukumati esa bor-yo`g`i bir necha harbiy qismlar va qipchoq otlig` soldatlarga tayanardi.
Muxtoriyatchilar 11-fevraldan 12-fevralga o`tar kechasi gvardiyachilar yordamida Qo`qon qal`asiga hujum uyushtirildi.Ularning boshqa bir qurollangan qismi, telefon aloqasi uzilgunga qadar sodir bo`layotgan voqea to`g`risida Toshkentga xabar berish va harbiy yordam so`rashga ulgurgan edi. 13-fevral kechasi soat 3da Farg`onadan 4 zambarak va 4 pulemyot bilan qurollangan 120 dan ortiqroq kishilik harbiy qism yetib keldi.Shu kunning o`zidayoq inqilobiy qo`mita muxtoriyat hukumatiga talabnoma yo`llab, kunduzgi soat 3ga qadar qurol-yarog`ni topshirish vakolatlaridan voz kechib, sovet hukumatini tan olish shartini qo`ydi. Muxtoriyat a`zolari bolsheviklar talabini javobsiz qoldirdilar Shundan keyin inqilobiy qo`mita Muxtoriyat hukumat a`zolarini hibsga olish to`g`risida qaror chiqardi.Ushbu sharoitda Turkiston Muxtoriyati rahbarlari Revkomni muzokara olib borishga taklif etdi.Muxtoriyatchilar shartlari quyidagicha edi:
Shaharni birgalikda boshqaruvchi organ tuzumi, albatta tarkibida muxtoriyatchilar vakillari ortiq bo`lishi kerak:Qal`ani bu organ nazoratiga topshirish; militsiyadan boshqa hammani qurollantirish, o`lka hukumatining shariatga zid dekretlarni ma`n etish va boshqalar.
17-18-fevralda muzokaralar davom etdi.Shu chog`da 18-fevralda “Ulamo” jamiyati tashabbusi bilan muxtoriyatdato`ntarish yuz berdi va buning natijasida Mustafo Cho`qayev boshchiligida hukumat mahkamasi ag`darildi.Shundan so`ng boshqaruv Qo`qon militsiyasi boshlig`I kichik Ergashga o`tdi. Turkiston Muxtoriyatini himoya qilish, uni bolsheviklar tajovuzidan saqlab qolish Ergash qo`rboshiga topshirildi. Bu to`ntarishdan so`ng, 18-fevraldan 19-fevralga o`tar kechasi Toshkentdan Turkiston o`lkasi harbiy komissari Y.A.Perfilyev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlardan iborat 11 eshelon qo`shin yana yetib keldi.Sovet qo`shinlari Qo`qonni uch tarafdan qurshovga oldi.Artilleriya to`plari to`liq jangovar holatga keltirib qo`yildi.
19-fevral kuni 10dan 15 daqiqa o`tganda Ergashga talabnoma (ultimatum) yuborildi.Unda qurolni tashlab, taslim bo`lish aytildi. Javob berish muddati 13da tugar edi. 12dan 45daqiqa o`tganda javob olindi. Ergash shartlarni bajarmasligini aytdi. Perfilev barcha 12ta zambarakdan Qo`qon aholisi ustiga o`t ochishni, shu jumladan, yondiradigan snaryadlardan foydalanishni buyurdi.Tinch aholini to`pga tutish kunduzsoat 1dan boshlanib shomgacha shaharni vayron etib tashladi. Ammo shunga qaramay, muxtoriyatchilar taslim bo`lmay, har bir binoni, har bir do`konni, har bir karvonsaroyni mardlarcha himoya qildilar.
Ertasi kuni 20-fevral tongida vayron etilgan shaharga piyoda qo`shinlar va Dashnoq (Dashnoq -1890 yilda Tiorlisdga tuzilgan “Dashnoqsutyun”(“Ittifoq”) arman milliy inqilobiy partiyasi a`zosi. Dashnoqlar 1915-yildagi turk-arman qirg`inidan qochib, Turkistonda panoh topganlarining jangovar qismlari kirdi. Ular eski shaharga bostirib kirib, o`g`irlik va musulmon ahliga zo`ravonlik bilan shug`ullandi. Birinchi navbatda, ma`lumki, shaharlik beva – bechoralarga, shuningdek, Qo`qondagi behisob hunarmand va mayda savdogarlarga shikast yetkazildi. Eski shahardan qishloqlar sari talpingan qochoqlar olomoni Farg`ona viloyatining qo`shni uyezdlaridagi g`ulg`ulani kuchaytirib yubordi.O`sha kunlarda qamoqqa olishlar ham boshlandi. Bunda “Muvaqqat hukumat”ga biron-bir aloqasi borlarni qamoqqa olishdi va qal`aga jo`natildi. Order (ruxsatnoma) bilan va ordersiz qamoqqa olindi. Ayrim qamoqqa olinganlarni sud va tergovsiz otib tashlandi.
Turkiston muxtoriyati hukumati 18-fevralda ag`darildi, biroq shaharni talash davom etdi.Mavjud bo`lgan uzuq-yuluq ma`lumotlardan shu narsa anglandiki, muxtoriyat hukumati a`zolaridan Hidoyatbek Nurali Agayev, Mirodil Mirmahmudovlarni qatl etilgan, Tasodifan omon qolganlari qamoqqa olingan.Mustafo Cho`qayev olovli xalqadan chiqishga muvaffaq bo`ldi. U, avvalo, qo`zg`olonchilar turgan joyga , so`ngra yolg`izlikda tog`li qirg`iz tumanlari orqali o`sha yillarda mustaqil bo`lgan Gruziyaga yetib oladi va darhol Kavkaz xalqlarining demokratik harakatiga qo`shildi.Nosirxonto`ra bolsheviklar tomonidan Namanganda, S.Gersfild Samarqandda, Obidjon Mahmudov Buxoroda qo`lga olindi.
Uvaydullo Xo`jayev, Abduhamid Sulaymin (Cho`lpon) Qo`qondagi voqealar haqida Ashxoboddan Samarqandga kelayotganda, yo`lda xabardor bo`lishadi. Ular o`zlari ham bolsheviklar qo`liga tushganlarning taqdiri kutayotganligini anglab, yo`lni o`zgartirishadi va Orenburgga Ahmad Zaki Validiy oldiga yo`l olishadi, u o`sha paytda Boshqirdiston avtokoloniyasining ichki va harbiy ishlari bilan qattiq band edi.
Qo`qon aholisi vahimaga tushgan holda shaharni tark eta boshladi. Qo`qon uch kun mash`ala bo`lib yondi. Uylar gazlama omborlari non do`konlari kuyib kul bo`ldi. Eski shaharning uchdan biri to`liq vayron etildi. Qo`qonda dahshatli manzara hosil bo`ldi.Hamma yoqda o`liklar yotibdi. Ularning bir qismi kuyib ketgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra shu fojeali voqealar oqibatida 10mingdan ziyod kishi halok bo`ldi.Shaharga 1918-yili kelgan ingliz kapitani A.Brun uni yarim bo`sh holida ko`rgan. Uning yozishich shaharni bosib olishda ishtirok etgan nemis avstriyalik, vengr askarlaridan yollangan soldatlar 100 ming so`mdan ortiq pulni o`marishgan deyiladi.
Sovet tuzumi bu vahshiylikni qo`rqitish uchun amalga oshirdi, u markazning roziligisiz “Muxtoriyat”ni Turkistonda hech kim va hech qachon o`zboshimchalik bilan barpo etmasligi kerak degan maqsadni ko`zda tutdi. Shu o`rinda aytib o`tish kerakki, Turkiston Muxtoriyati tor-mor etilgach, 1917-yil dekabrda qozoq milliy demokratlari tomonidan Orenburgda tashkil etilgan.Alam O`rda avtonomiyasi hukumatning taqdiri ham 1920-yil mart oyida shunday bo`ldi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining ag`darilishi Turkistonliklar tarafidan Rossiyaning o`lkaga Nisbatan tajovuzkorona rejalari borligining yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular o`z vatanlarini bosqinchilardan himoya qilish uchun qo`lda qurol bilan ko`tarildilar. Shundan keyin bu yong`in bu olovlar qa`ridan xalq qahru-g`azabi, bosqinchilarga nafrati ko`ngilga tugilgan tugun sifatida sovet tarixida bosmachilik deb atalgan harakat qaqnus qush kabi yorib chiqdi.Turkistonda ommaviy antisovet harakati boshlandi.Milliy-ozodlik kurashi an`analarini davomini o`zida namoyon etgan mazkur harakatning xususiyati o`sha davrdagi “Turkistonning Rossiyadan ozodligi uchun!”, “Zolimlarsiz Turkiston uchun!”, “Turkiston- turkistonliklar uchun” kabi siyosiy talablarida yorqin namoyon bo`ldi.
Turkiston Muxtoriyati (Turkiston Avtonom Respublikasining) 1918-yil fevralida harbiy kuch orqali tugatilishi milliy masalalarda ziddiyatning chigal tugunini yuzaga keltirdi. U bolsheviklarning mahalliy aholi bilan aloqasi yo`qligini ochiq ko`rsatdi va ayni paytda, mintaqadagi milliy ozodlik harakatining yetukligini namoyon etdi. 1918-yilning fojeali fevral voqealaridan so`ng ozodlik harakati izchil ravishda aniq qurolli qarshilik shaklini ola boshladi. O`lkaning tub aholisi va ularning siyosiy yo`lboshchilari bolsheviklarning hukumat tuzilmalari hatti-harakatida milliy mentalitetga yot bo`lgan davlatchilikni joriy qilish oshkora intilishni yaqqol ko`rgach, milliy masalani tinch yo`l bilan hal etish imkoniyati tugadi.Faqat qurol kuchi bilan mustaqillik va ozodlik haqidagi asriy orzuni amalga oshirish mumkin degan fikrga keldilar.
Milliy o`z taqdirini o`zi belgilash uchun harakatning muddatli tarzda kengayishi, yillar davomida yetilib borgan g`ayri rusiy kayfiyatlar va Rossiyadan ajralib chiqish uchun harakatlanish kuchli istagi mamlakat va o`lka rahbariyati oldida milliy davlatchilikqurilishi, sovet amaliyotini keskin tuzatish zarurati masalasini ko`ndalang qilib qo`ydi.
Yuzaki qaraganda, bu borada o`zgarishlar yuz bergandek tuyuldi. Hukumat qisqa muddatda murakkab etnik ahvolni yumshatish, milliy ozodlik kurashining kuchayib ketgan olovni o`chirish uchun yangi hokimiyatning milliy negizini bir qadar kengaytirish, Turkistonga milliy mustaqillik xususiyatlarini berishga urindi.Biroq, milliy davlatchilik muammosiga yondashishida hal qiluvchi o`zgarishlar ro`y bermadi.Asosiy rejalar tuzishda bolsheviklar rahbariyati ilgarigidek muammoga yondashishda “yuqori”dan “milliy davlatchilikda o`z taqdirini o`zi belgilash”, partiya sovet tuzilmalarining qattiqqo`llik bilan nazorat etish qoidalaridan kelib chiqdi. Taktik jihatdan qaraganda Moskvadagi bolsheviklarning milliy masala bo`yicha qarashlari “proletariat diktaturasi davlat”ni qutishning markscha qoidalariga asoslangan qo`pol darajadagi buyuk davlatchilik mohiyatini saqlab qoldi.
Turkiston muxtoriyati tor – mor etilganidan so`ng, Turkiston bolsheviklari markaziy hokimiyat ta`sirida Turkistonni Rossiya bilan mustahkam bog`lashning yagona vositasi o`lka avtonomiyasi joriy etish ekanligini anglay boshladilar milliy o`z taqdirini o`zi belgilashning sovet modeli milliy demokratlarning avtonomiyasi talablaridan tubdan farq qilsada, qarshilik davom etdi. Mahalliy bolshevik rahbarlari Turkiston avtoniomiyasi haqidagi masalani u garchi partiya organlarida bir necha bor muhokama qilingan bo`lsa ham,har tomonlama cho`zilib ketdi.
“Milliy o`z taqdirini o`zi belgilash” muammosi ayniqsa, Qo`qon voqealari kunlarida dolzarb xususiyat kasb etdi. U 1918 yil 20-26-yanvarda bo`lib o`tgan o`lka sovetlari IV – syezdining diqqat markazida turdi. Syezdda bolsheviklarning dasturiy munosabatini I.O.Tobolin bayon qildi.Mahalliy bolsheviklar yo`lboshchisi avtonomiya g`oyasi yaqin bo`lgan baynalmilalchilar nomidan so`zlagan G.A.Pavshochenko nutqida ham ochiq – oydin ko`rindi.U mahalliy kishi (“tuzemets”) aytgan “mamlakat xo`jayini” tushunchasiga keskin norozilik bildirdi. Milliy harakat ko`pgina yo`lboshchilarning siyosiy tafakkurida bo`linmaslik ruhi hukmronlik qilar edi.Ular oktabr to`ntarishidan keyingi dastlabki bosqichda markaziy hukumat musulmon madaniyati, dini, siyosiy an`analari, ezilgan xalqning milliy avtonomiya haqidagi orzu – umidlarini tan olishiga hali ham ishonardi.Faqat bolsheviklar hokimiyatining siyosiy uslublari, ko`p va`dali chaqiriqlari bilan amaliy ishlar o`rtasida uzilish ro`y berganidan so`ng imperiyaning ruhiy va siyosiy bo`linish boshlandi.Shuni ham hisobga olish lozimki, sovetlarning o`lka syezdi Turkiston muxtoriyati haqidagi masalani muhokama qilayotgan paytda hali “ikkihokimiyatchilik” saqlanib turgan edi.Bolsheviklashgan X K S bilan birgalikda Qo`qonda
demokratik asosda saylangan milliy muxtor hukumat ham amalda edi.O`sha paytda ikkihokimiyat o`rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni kelishib hal etish imkoniyati saqlanib turar edi.Ayni paytda, keng musulmon ommasidan tashqari Turkiston Muxtoriyatini mehshevik va eserlar ham qo`llab-quvvatlar edi.
Muxtoriyatning milliy siyosati tom ma`nodagi baynalmilal ruh bilan sug`orilgan edi.Unda o`lkadagi millati va dinidan qat`iy nazar barcha xalqlarning millati va dinidan qat`iy nazar, barcha xalqlarning erkimligi va tengligini, davlat boshqaruvida qatnashish huquqi o`z ifidasini topdi.Bunday adolatli siyosatni bolsheviklatga qarshi turgan kuchlarni, hatto rus aholisining ma`lum qismini Muxtoriyatni qo`llab-quvvatlashga olib keldi.
Afsuski, Muxtoriyat obyektiv va subyektiv sabablarga ko`ra uzoq yashamadi.U moliyaviy jihatdan juda zaif bo`lib, tezlikda milliy qo`shinning mahoratini oshirish va yetarli darajada qurol-aslaha bilan ta`minlashni iloji bo`lmadi.Ayniqsa, hukumat a`zolari orasidagi o`zaro kurash, ma`muriy boshqarishdagi tajribasizlik va malakali Rahbar xodimlarning yetishmasligi hokimiyatni mustahkamlashga yo`l bermadi.Ko`rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kamida bir-ikki yil va undan ortiq vaqt kerak edi.Bolsheviklar buni yaxshi anglab Muxtoriyatni imkoni boricha tezroq yo`qotishni rejalashtirdilar.Ular harbiy mahorat va texnika bo`yicha muxtoriyatchilardan ancha kuchli va uyushgan edi.Ular “Do`ppini ol desa, boshini oladi”gan gazandalar bo`lib vahshiylikda nom chiqargan edilar.
Muxtoriyat bor – yo`g`i 72 kun yashadi xolos. Mana shu o`ta qisqa vaqtda nima ham qilish mumkin edi.Bolsheviklar hali o`zini anglab va nafasini rostlab olmagan Muxtoriyatni “chaqaloqligidayoq” bo`g`ib o`ldirdilar.
Muxtoroyatning 15ta rahbari – M.Mirahmedov, A.O`razayev, M.Chanishev, Qushbegiyev va boshqalar otib tashlandi. Hukumatning yirik vakillaridan biri Mustafo Cho`qayev qochishga erishdi. Afsuski, Muxtoriyatga chetdan yetarli darajada yordam beraolmay, asosan, o`zining kuchiga tayangan holda kurashdi.Bolsheviklar esa Toshkent va boshqa joylardan harbiy yordam olib g`alabani qo`lga kiritdilar.
Muxtoriyatning o`ziga xos xususiyati va tarixiy ahamiyati shundaki, o`lkaning ko`p asrlik tarixi mobaynida ilk bor demokratiyaga asoslangan milliy davlat tuzildi.Odatda bo`lganidek, uni qandaydir bir hukmron sulolsning vakili emas, balki, xalqning orasidan yetishib chiqqan jadidlar yuzaga keltirdi. Shu bois,muxtoriyat tom ma`nodagi xalq hokimiyati sifatida shakllantirildi. Uning mohiyati va yo`nalishi mustamlakachilik va ulug` millatchilik zanjirlarini parchalab erkinlik, tenglik va mustaqillik singari insoniy huquqlarni ta`minlashdan iborat edi.Shu bois sovet davrida muxtoriyatning feodal-klerikal davlat sifatida qoralanishi haqiqatga tamomila ziddir. XX asr boshlarida Rossiya va uning mustamlakalarida ikki marotaba davlat to`ntarilishi, xususan chorizmning ag`darilishi, burjua fevral-demokratik respublikasini bolsheviklar tomonidan tor-mor etilishidek, nihoyatda og`ir va xavfli sharoitda Muxtoriyatning tuzilishi vatanparvarlik, jasorat va qahramonlikning yorqin namunasidir. Bu muhim tarixiy voqea hech qachon unutilmaydi.1



Yüklə 180,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin