X U L O S A Shunday qilib, Turkiston muxtoriyatining amaliy jipslashishi uchun kurashning asosiy yakunlarini baholab, shuni ta`kidlash lozimki, Oktabr to`ntarishidan so`ng milliy o`z taqdirini o`zi belgilash vazifasini hal etishda quyidan va yuqoridan ikki yo`l ikki xil yondashuv belgilandi.
Birinchi yo`nalish tub aholining ommaviy harakatini o`zida ifoda etdi va suverenlik huquqlarini amalda ta`minlash mustamlaka zulmini tugatish uchun maydonga chiqdi. Mahalliy turkistonliklar manfaatlarining g`oyaviy ishtirokchisi sifatida, milliy musulmon siyosiy partiyalari tashkilotchilari qatnashdilar. Milliy demokratlar, demokratiya tamoyillarga va tub aholining tarixiy ehtiyojlarini hisobga oluvchi Rossiya davlati doirasida suveren milliy davlatchilik qurilishining aniq dasturini ishlab chiqdilar. U bolsheviklarning Toshkent ijroq`mi va o`lka shovinistik hatti-harakatlariga javob tariqasida shakllangan Turkiston muxtoriyatining barpo etilishida o`z ifodasini topdi.
Ikkinchi yo`nalish bolsheviklar hokimiyatining tor sinfiy intilishlarini aks ettirdi. Umilliy ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga begona bo`lgan sotsialistik davlatchilikni barpo etishni ko`zlagan edi.
Turkiston muxtoriyati millatlarni o`z taqdirini o`zi belgilash g`oyasini demokratik yo`l bilan hal etishga bel bog`lagan xalq irodasi va ilg`or ziyolilarning ko`tarinki hatti-harakat zaminida vujudga keldi. Bu harakatning boshida turgan ilg`or hur fikrli ziyolilar, fidoyi insonlar esa uzoq yillargacha “xalq dushmani” degan soxta nom bilan badnom etib kelindi.Faqat yetmish yildan so`ng sovet unitar davlati tarixiy jarayonnin g jilovlab bo`lmas oqimi tufayli barham topdi. Bugungi kunda suveren O`zbekiston mustaqillik va milliy tiklanish yo`lidan shaxdam ketmoqda.
O`lkadagi muxtoriyatchilik harakati ishtirokchilarining vatanparvarlik jasorati hozirgi avlodlar uchun ahamiyatlidir. Turkiston Muxtoriyatida amalga oshirilgan maqsadlar bizning kunlarda aniq tarixiy mazmun bilan boyimoqda. Xalqimizning qadriyatlari, tiklanayotgan boy va mazmundor tarixi to`g`ri yoritilayotgan bugungi kunlarda milliy mustaqillik uchun kurashning yorqin va ayni chog`da fojeali sahifasi
bo`lgan Turkiston Muxtoriyati haqida bor haqiqatni aytish va undan saboqlar chiqarish bugungi kun vazifasidir.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, O`zbekiston mustaqilligi uchun kurash olib borgan ajdodlarimiz istiqlolga erishish borasida bir-birlaridan farq qiluvchi uch yo`ldan bordilar:
1.Rossiyaga tobelikdan zo`rlik yo`li bilan qutulish, kuch bilan istiqlol olish (1916-yil voqealari, “bosmachilik” kabi).
2.murosa yo`li. Ruslar yordamida ma`rifatga erishish. Ma`rifat masalasida haq-huquq olish, milliy xususiyatlarini tiklash (Ismoilbek Gaspirali, Mahmudxo`ja Behbudiy).
3.Hamkorlik yo`li. Chor ma`murlari, so`ngra esa sho`ro hukumati bilan birga ularning programmalarida qatnashish va imkon bo`lishi bilan mustaqillikni qo`lga olish. Buning uchun ma`lum tayyorgarlik ko`rib borish. (Munavvar Qori, Hamza, Avloniy).
“Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko`rgan bo`lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da`vat etdi. Bu hukumatning ag`darilishi turkistonliklar tomonidan sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir dalili sifatida qabul qilindi.Turkistonliklar tinch yo`l (parlament) bilan milliy davlatchilikni qayta tiklash mumkin emasligini tushunib, 1918-yil fevral oyining oxirida qo`llariga qurol olgan holatda Turkistonda sovet rejimi va bolsheviklarga qarshi qurolli harakatni boshlab yubordilar. Sovet tuzumi davrida Turkiston Muxtoriyatining mohiyati soxtalashtirilib, u tor ma`nodagi Qo`qon Muxtoriyati bilan almashtirildi.”1 Mustaqillik sharofati bilan vatanimiz tarixini chuqur va aslini o`rganishga keng imkon berildiki, ushbu bitiruv malakaviy ishida Turkiston Muxtoriyati tarixini o`rganishga va uning faoliyatini baholashga harakat qilindi.