Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl
Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi. Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) bo‘lib, «Imomi A’zam», ya’ni eng buyuk imom laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Mazkur mujtahid olim Kufa shahrida tug‘ilib shu erda vafot etgan.
Bu zot sunniy mazhablar asoschilari orasida yoshi eng kattasi hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra bobosi Sobitni hazrat Ali oldilariga olib kelib, uning haqqiga duo qilishlarini so‘raydi. Hazrat Ali Sobitni o‘zi va zurriyotiga barakot so‘rab duo qiladilar. Sobitning zurriyotidan imom Abu Hanifa mashhur bo‘lib ketdi. Imomning otasi Kufada ipak va jun mato tijorati bilan shug‘ullangan va imom Abu Hanifa ham keyinchalik shu ishni davom ettirgan.
Imom A’zam yoshligidan Qur’onni yodlaydi. Ma’lum vaqt savdo ishlari bilan shug‘ullanib yurgan. SHu orada Kufa va uning atrofida e’tiqodiy bahs va munozaralarda faol ishtirok etib borgan. Bir kuni ko‘chada imom SHa’biyning yonidan o‘tib ketayotganida, oldiga chaqirib, qaerga ketayotganini so‘raydi. U bozorga ketayotganini, aytganda, men sendan uni emas, balki qaysi olimning darsiga borayapsan deb so‘raydi. Imom A’zam hech birining, degan javobidan so‘ng, imom SHa’biy shunday deydi: «Ilm va ulamolar bilan ko‘rishib turgin. Seni nihoyatda zukko va ilmga tashnaligingni ko‘ryapman». Olim odamning bu gapiga kirib, Abu Hanifa ilm yo‘lini tanlaydi.
Abu Hanifa Umaviylar va Abbosiylarning siyosiy kurashlari, hokimiyat bir suloladan boshqasiga o‘tganda davrda yashagan bo‘lsa ham qo‘liga qurol olib ikki tomonning siyosatiga aralashmadi, balki o‘z ilmini oshirish va tarqatishga harakat qildi. Bu davrda aqidaviy oqimlar orasida ham kurashlar ancha qizigan. Olim bu kurashlarni kuzatib borgani tabiiy. Ibn Bazzozning rivoyatiga ko‘ra imom Abu Hanifa o‘g‘li Hammodga shunday degan: «Bizlar munozara qilgan vaqtda suhbatdoshimizning haq va to‘g‘ri yo‘lgan chiqib ketishidan qo‘rqar edik, lekin sizlar munozara vaqtida raqibingizni haq yo‘ldan chiqishini istaysizlar. Har kim o‘z suhbatdoshini haq yo‘ldan og‘dirmoqchi bo‘lsa, uni kufr tomonga yo‘llaydi, lekin uning o‘zi suhbatdoshidan oldinroq kufr yo‘liga o‘tgan bo‘ladi».
Manbalarda imom Abu Hanifaning sahobalarni ko‘rgani aytiladi, shuning uchun u tobeinlardan hisoblanadi. U Hammod ibn Abu Sulaymon, Ibrohim Naxaiy, SHa’biy kabi va boshqa olimlardan sahobalar Ali va Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abboslarning fiqhini o‘zlashtirdi. Ayniqsa, Hammod uning eng asosiy ustozi hisolangan. Unga 22 yoshida shogird tushib, u kishidan o‘n sakkiz yil davomida fiqh ilmini o‘rganadi. Bu haqda o‘zi quyidagilarni aytgan: «Men ilm va fiqhning konida edim. Uning ahli ila majlis qurdim. Ularning faqihlaridan birini lozim tutdim». Uzoq yillar dars olishi va ustozi vafotidan so‘ng uning o‘rnida dars berishni boshlagan. Ustozi o‘rniga dars berishi natijasida, Hammod qoldirgan maktab keyinchalik mazhabga aylandi.
SHuningdek, ko‘p yurtlarga safar qilgan va o‘sha erlik olimlar bilan ham ilmiy bahs va munozaralarga kirgan.
Abu Hanifa fiqor va salobat egasi bo‘lgan. Ko‘p fikr yuritib, kam so‘zlar edi. Taqvoli, parxezkor, zohid, bekorchi va foydasiz so‘zlarni gapirmas, gapirganda qisqa va lo‘nda so‘zlardi. Biror kishi masala so‘rab kelsa, xozirjavoblik bilan ishni xal qilardi.
Imom Abu Hanifa Qur’on, sunnat, sahobalarning so‘zlari, qiyos, istehson, ijmo, urf kabi fiqhiy manba va uslublariga ko‘ra hukm chiqargan.
Fiqhda shunday maqomga etganki, har bir oyat va hadisdan kerakli fiqhiy xulosalar chiqara olgan. Abu Hanifa hadisni, sahobalar so‘zini, puxta o‘zlashtirgan. Hadislarning sahih va zaifini ajratib, ayniqsa, hadislardan chiqariladigan hukmlarning to‘g‘ri bo‘lishiga katta e’tibor qaratgan. Rivoyatlarning birida ustozi SHa’biy bir masalada murojaat qiladi. Abu Hanifa unga javob beradi. SHunda ustozi buni (javobni va unga hujjatni) qaerdan olding deb so‘raganda, Abu Hanifa o‘zingiz rivoyat qilgan hadisdan oldim deb hadisni aytadi. Javobdan so‘ng SHa’biy: «Sizlar tabib sizlar, ey, faqihlar jamoasi, biz (muhaddislar) dorishunosmiz», deydi.
Abu Hanifa fiqhda ham yuqori martabalarga erishgan. Quyida imom Abu Hanifaning juda ko‘p hadis bilishini isbotlovchi ba’zi omillarni keltirish mumkin. Ulardan: 1. Ko‘plab olimlar qatori Imom Abu Hanifaga muxolif bo‘lganlar ham ittifoqan uning mujtahidligini tan oladilar, ya’ni uning mujtahid olim ekanida ixtilof yo‘q. Mujtahid bo‘lishning shartlaridan biri ahkomga oid hadislarni yaxshi bilishlikdir; 2. Manbalarda aytilishicha, Abu Hanifa sakson uch mingdan ortiq masalaga javob bergan. Hadislarni yaxshi bilmaydigan kishi bunday ko‘p masalaga javob berishi mumkin emas; 3. Abu Hanifa hadis rivoyatiga ko‘p to‘xtalmagan. Buning sabablaridan birini o‘sha davr olimlari hadislarni yaxshi bilganlaridir. SHuning uchun ular ilm majlislarida hadislardan chiqadigan masalalarga javob topishni, ya’ni istinbot bilan shug‘ullanishni asosiy maqsad qilib olganlar. Hadisning fiqhini, uni tushunishni, nosix va mansuxini, om va xosini, mutlaq va muqayyadini bilishga intilganlar, uning sahihligiga emas; 4. Abu Hanifa davrida nafaqat hadis ilmini, balki barcha ilmlarni yozib borish odat tusiga kirmagan, huddi Rasululloh (s.a.v.) va sahobiylar davrdagi kabi. SHunday bo‘lsada, Imom Abu Hanifa nazdida hadislarni rivoyat qilish mas’uliyatli ish ekanini quyidagi Imom Abu YUsuf rivoyatdan ham bilish mumkin. Unda, Imom Abu Hanifa: «Kishi hadisni eshitgan vaqtidagidek, (ya’ni qanday eshitgan bo‘lsa o‘shanday) aytishi lozim», degan; 5. Abu Hanifa to‘rt mingdan ortiq ustozdan dars olgan. CHunki u Basraga 10 marta, Makka va Madinaga esa o‘nlab marta borgan. U joylardagi ko‘pgina olimlarning suhbatida bo‘lgan. Demak bahs va munozara vaqtida ko‘plab hadislar eshitgani tabiiy.
Abu Hanifa qiyos va istehsonni (chiqarilgan xulsalardan musulmonlar uchun foydaliroq tomonini olish tamoyili) ko‘p qo‘llagan. Hatto zaif hadisni qiyosdan oldin qo‘ygan. Bu borada imom Abu Hanifa shunday degan: «Rasululloh (s.a.v.)dan kelgan har narsa bosh ustiga, sahobalardan kelganini esa orasidan yaxshirog‘ini tanlab olamiz, ammo tobeiylardan kelgan bo‘lsa, biz ham ulardek kishilarmiz». Bu bilan o‘z mazhabining usulini ko‘rsatgan.
Imom Abu Hanifaning eng mashhur shogirdlaridan Abu YUsuf YA’qub ibn Ibrohim Ansoriy va Muhammad ibn Hasan SHayboniydir. Abu Hanifaning bu ikki shogirdi ustozining ishini davom ettirib, boshqa olimlarga ustozlik qildilar.
Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa alohida muayyan mavzuga oid kitob yozmagan. Balki u rivoyat qilgan hadislarni, aytgan fatvolarini keyinchalik olimlar kitob holatiga keltirganlar. Jumladan, «al-Fiqh al-akbar», «al-Olim va-l-mutaallim», «al-Vasiyya» va «al-Musnad» va boshqalar.
Olim dunyo ishlari va mansabga qiziqmagan. Xalifa unga bosh qozilik (qozi al-quzot) mansabiga taklif qilganda rad etgan.
SHunday bo‘lsada, eng katta shogirdi imom Abu Yusuf «Qozi al-quzzot» lavozimida faoliyat yuritib, hanafiylik mazhabining yanada keng yoyilishiga xizmat qilgan. Imom Muhammad esa, hanafiy mazhabining nazariy asoslarini ishlab chiqib, o‘z asarlarida ularni keltirib o‘tgan.
Ushbu mazhab sunniy musulmonlar orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi, ya’ni 47% sunniy musulmon shu mazhabga amal qiladi. Tarixda uning juda ko‘p davlatlardagi asosiy mazhab sifatida e’tirof etilishi jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida qo‘llanishi, milliy urf-odatlarga bag‘rikengligi, turli mintaqalardagi shart-sharoitlarga mos kelishi hamda boshqa omillar sababli uning ko‘p musulmon xalqlari tomonidan qabul qilinishiga sabab bo‘lgan. Uning keng miqyosda tarqalganiga sabablardan biri barcha mintaqalarda yashayotgan musulmonlarga chiqarilgan hukmlari oson amal qilishiga imkon bergan. O‘zbekiston hududida hanafiylik mazhabi keng tarqalgan va shu mintaqa aholisi mazkur mazhabga amal qilib kelmoqda.