Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


O’zbekistonda diniy terrorizmga qarshi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasining ahamiyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə66/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

O’zbekistonda diniy terrorizmga qarshi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasining ahamiyati. Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj olmoqda.Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda fikr yuritganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”. Binobarin, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan mana shunday masalalarga alohida e’tibor qaratilar ekan, bugungi kunda dunyo miqyosida vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi tobora oydinlashmoqda. Zero, millatimiz va xalqimiz mentalitetini o‘zida namoyon etuvchi buyuk ma’naviyatimizni asrash xalqimiz taqdiri va kelajagi, hayot-mamotimiz vazifasi ekanligini anglash o‘ta muhim vazifadir.Globallashuv davrida dunyoda vujudga kelayotgan tahlikali vaziyat tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqyosida keskin g‘oyaviy kurashlarning avj olishi, turli mafkuralar to‘qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan “chiroyli” niqoblangan yovuz g‘oyalarni singdirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Xususan, dunyo xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy raxna solishga intilayotgan ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, giyohvandlik kabi tahdidlarning mavjudligi jiddiy fikrlashni talab etmoqda. Bu borada, dunyo miqyosida vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatlar kuchayib borayotgan xavf – xatarlar, qonli to‘qnashuvlar, siyosiy va iqtisodiy qarama – qarshiliklar, terrorizm, radikalizmning tobora avj olishi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganligi tobora oydinlashmoqda.Shu o‘rinda, terrorizm haqida so‘z yuritsak, bu illat bir siyosiy atama sifatida, qurol sotish, narkobiznesni rivojlantirish, konstitusion tuzumlarni ag‘darish kabi tuban maqsadlarni o‘zida namoyon etadi. Terrorizm doim diniy va insoniy me’yorlar, umuminsoniy qadriyatlar va axloqiy fazilatlarga qarshi ishlatilganligi bois eng og‘ir va vahshiyona jinoyat hisoblanadi. Mazkur illat, din, millat, elat va chegara tanlamasligi bu borada vaziyatni nihoyatda jiddiy ekanligini anglatadi.Terrorizmning jirkanch basharasi dunyoning turli nuqtalarida sodir etilayotgan qo‘poruvchilik va xunrezlik voqealarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, dunyoviy va diniy bilimlar borasida sog‘lom dunyoqarashni sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini anglamaslik, bilmaslik insonlarni terrorizm girdobiga griftor etayotir. Bunday nozik va ayni paytda o‘ta murakkab sharoitda o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi terrorizm illatlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Adashib yot oqimlar ta’siriga tushgan fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimiz qalbi va ongida sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirish borasida bugungi kunda Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yurtimizda chuqur o‘ylangan, puxta va aniq maqsadga yo‘naltirilayotgan davlat siyosati izchil samarali yuritilmoqda. Bugun kunda barchaga ma’lumki, xalqaro terrorizm, radikalizm, mutaassiblik, ekstremizm kabi muammolar chegara bilmasligi dunyo jamoatchiligini doimo tashvishga solib kelayotir. Ayniqsa, dunyo miqyosida ekstremizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda ma’rifatni targ‘ib etish g‘oyasi doimo Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro miqyosdagi nutq va ma’ruzalarining bosh mavzusiga aylanib bormoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘z ma’ruzalarida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzabr muammolarini bartaraf etish borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirib kelinayotgan tashabbuslarini alohida ta’kidlash lozim. Bu sohadagi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda.Hozirgi nozik va ayni paytda, o‘ta murakkab sharoitda o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi illatlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Jaholatga griftor etuvchi ekstremizm, xalqaro terrorizm va mutaassiblikka qarshi kurashda ma’rifatni targ‘ib etish g‘oyasi bugungi kunda dunyo miqyosda bosh mavzuga aylanib ulgurdi. 2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida davlatimiz rahbari dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani, ularga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotgani, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinayotganini, xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishini alohida ta’kidlagan edi.Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilar ekan: “Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan. Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz”, deya alohida ta’kidlagan edi.Bugungi kunda Yurtimizning bu sohada olib borayotgan islohatlari dunyo miqyosida o‘zga mamlakatlarga namuna bo‘layotganligi alohida e’tirof etilmoqda. Bu xaqda fikr yuritganda 2018-yil 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli maxsus rezolyusiya qabul qilinganligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Mazkur rezolyusiyani qabul qilinishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi sifatida aytib o‘tish mumkin.Bu haqda BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Helena Freyzer tomonidan bildirilgan fikr e’tiborga molikdir. Bu xaqda Helena Freyzer: “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli rezolyusiya BMTga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. 51 ta davlat O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan konstruktiv taklif, ya’ni dunyoda mavjud barcha dinlarga nisbatan ma’naviy bag‘rikenglik madaniyatini kuchaytirishga doir g‘oyani qo‘llab-quvvatladilar. Chunki ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik bilan birga, madaniy va diniy bilimlarni kuchaytirish tamoyilini ham olg‘a surgan holda, global tinchlik va farovonlik uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir”, - deya ta’kidalashi, ayniqsa, yurtimizda bu borada olib borilayotgan ishlar yuksak darajada ekanligini yaqqol tasdig‘idir. Mazkur holat to‘g‘risidagi ijobiy fikrlarni Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannon: “Bangladesh Respublikasi har doim tinchlik va totuvlik, diniy bag‘rikenglik tarafdori bo‘lgan. Shu bois, O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbusni birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladi. Diniy bag‘rikenglik bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda eng namunaviy va o‘rnak bo‘la oladigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Men O‘zbekistondagi 5 yillik elchilik faoliyatim davomida o‘zga din vakillariga nisbatan g‘araz munosabatni kuzatmadim. Aksincha, barcha din vakillari, millat va elatlar tinch-totuv, ahil va hamjihat yashaydi. Bu O‘zbekiston Prezidenti olib borayotgan siyosat natijasida yurtda diniy bag‘rikenglik muhiti qaror topganidan dalolatdir. Qolaversa, bu masala faqat qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgani uchun emas, balki ko‘pchiligi islom diniga e’tiqod qiluvchi O‘zbekiston xalqining boshqa din vakillariga nisbatan doimo hurmat-ehtiromda bo‘lib kelgani bilan ham bog‘liq. Odamlarning turli millat vakillari bilan do‘stona munosabati, avvalo, o‘zaro muloqotlar orqali shakllanadi. . “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” nomli rezolyutsiyaning BMT Bosh Assambleyasida qabul qilinishi ana shu ijobiy munosabatlar natijasidir”,- deya ta'kidlasa, Misr Arab Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amani Al-itr xonim: “ushbu muhim rezolyutsiyani Misr ham qo'llab-quvvatladi. Davlatlarimiz o'rtasida ayni masaladagi tutash nuqta, bu – O'zbekiston bilan Misrning diniy totuvlik jamiyat barqarorligida muhim rolь o'ynashini anglab yetganidir. Rezolyutsiya tashabbuskori bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rolini alohida ta'kidlab o'tishni istardim. Bu O'zbekistonning xalqaro hamjamiyat oldida turgan murakkab muammolar yechimini topishda oqilona tashabbusi bo'ldi”, - deya fikr bildirishi bu borada Yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosat dunyo miqyosida yuksak e'tirofda ekanligidan dalolat beradi.Bugungi kunda jahon geosiyosiy maydonidagi o'zgarishlar, globallashuv jarayonlarining quchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jaxonda keskin burilish yasamoqda. Insoniyat mutlaqo o'zgacha muhit, yangicha talab va ilgarilari kuzatilmagan xavf-xatar hamda tahdidlar quchaygan bir sharoitda yashashiga to'g'ri qelmoqda. Dunyo miqiyosida shiddat bilan qechayotgan bunday jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma'naviy-ma'rifiy sohalarga ham jiddiy ta'sir o'tkazmoqda. Dunyoning turli mintaqa va davlatlarida sodir bo'layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar ko'p hollarda ayrim buzg'unchi kuchlar qo'lida turli soxta, zararli g'oya va mafkuralarni targ'ib etishning qulay va tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko'rsatayotir. Bu kabi tahdidlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yemirilishiga, zo'ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas'uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlarni ildiz otishiga zamin yaratmoqda. Natijada, odamzotning o'z tarixiy, diniy, milliy-ma'naviy ildizlaridan uzilib qolishiga sabab bo'lmoqda. Mazkur holat, jahondagi ko'plab davlatlarda umumiy tendentsiyaga aylanib bormoqda. Ta'lim va ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omili hisoblanadi. Shu bois inson ma'naviy olami, xalqimiz madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish hamda jahon ilm-fani yutuqlari va umumbashariy taraqqiyot tajribalari asosida yovuz va buzg'unchi g'oyalarga qarshi ma'rifat bilan kurashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.Bugungi kunda O'zbekiston o'zini milliy taraqqiyotning yangi davriga qadam qo'ydi. Buni barcha sohalardagi tub o'zgarishlar qatori ma'naviyat, ma'rifatga bo'lgan munosabatlarda ham ko'rish mumkin. Ayniqsa, Yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda jaholatga qarshi kurashda ma'rifat bilan kurashish borasida ulkan ishlar qilinayotganligi, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu borada, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatlarining yo'lga qo'yilishi mamlakatimizda muqaddas Islom dini qadriyatlari va an'analarini yanada rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Ayniqsa mazkur sohada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar zamirida yurtimizda ta'lim, ilm-fan, madaniyat va ma'rifat, ajdodlar merosini o'rganish, qadrlashga bo'layotgan yuksak e'tibor nafaqat mamlakatimiz va mintaqa aholisi, balki jahon hamjamiyati tomonidan ham yuksak tarzda e'tirof etilayotganligi ayniqsa e'tiborga molikdir. Dunyo tamadduni buxoriylar, farg'oniylar, samarqandiylar, xorazmiylar, termiziylar, nasafiylar taratgan ilm ziyosidan qanchalar bahramand bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda ham bu bahramandlik davom etmoqda, ajdolarimiz qoldirgan bebaho meros o'z qadri va ahamiyatini aslo yo'qotgani yo'q. Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, radikalizm, ekstremizm kabi chegara bilmas tahdidlarning xavfi ortib borayotgan bugungi kunda ham ma'rifat jaholatga qarshi kurashishning eng samarali vositasi sifatida tan olinmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston inson huquqlari va diniy erkinlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo miqyosida e'tirofga sazovar bo'lmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda keyingi yillarda jinoyat sodir etgan shaxslarni afv etish bo'yicha 8 ta farmon qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o'tash joylaridan ozod qilindi. Shu bilan birga jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bo'lib, tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan mahkumlarni afv etish va ularni erkin hayotga qaytarish borasida ulkan ishlar qilinmoqda. Yurtimizda insonparvarlik tamoyili asosida mutlaqo yangi amaliyot joriy etilmoqda. Buning natijasida jinoyat yo'liga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon bo'lgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit-qiz hamda 113 nafar ayollar Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo'mitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilindi. Mazkur ishlarning ijobiy davomi sifatida o'tgan 2019-yilda Jasliq qo'rg'onidagi jazoni ijro etish koloniyasini yopilishi davlatimizning ana shunday insonparvar siyosatning amaliy namunasi ekanligini ta'kidlash o'rinlidir. Shu bilan birga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug'urta to'lash tartibi birinchi marta amaliyotga kiritilib, manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan pensiya yoshidagi 709 nafar mahkumga pensiya pullari to'lab berilmoqda. Bu esa ushbu toifadagi fuqarolarning Konstitutsiyamizda belgilangan pensiya olish huquqini ta'minlash yo'lida qilingan dastlabki qadam ekanligini aytib o'tish lozim.Shu bilan birga, o'tgan 2019-yilda “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar maydonidan, Afg'onistondan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelinib, ularga zarur bo'lgan tibbiy va moddiy yordam ko'rsatildi. O'zbekistonda inson huquqlarini ta'minlash haqida so'z ketganda, o'tgan uch yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, 2019-yilda 5 ming 868 nafar yurtdoshimiz O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganligi bu boradagi ishlarni ijobiy ko'rinishi sifatida aytib o'tish lozim. Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, shu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish borasida yurtimizda bu sohada olib borayotgan ishlar dunyo miqyosida e'tirof etilmoqda. Bu esa yurtimizdagi tinchlik va osuda hayotni ta'minlash borasida qilinayotgan ishlar muntazaam sergir, ogoh va hushyor bo'lish borasida yanada jiddiy fikrlashni taqozo etadi. Zero, Davlatimiz rahbari qayd etganidek: “Davrning, hayotning keskin talablaridan orqada qolmaslik uchun barchamiz har kuni o'qib-o'rganishimiz, o'z ustimizda ishlashimiz, bilim va saviyamizni doimo oshirib borishimiz kerak. Bizning tomirlarimizda ulug' ajdodlarimizning qoni oqmoqda. Buyuk bobolarimizning munosib izdoshlari va davomchilari bo'lish biz uchun ham qarz, ham farz, desam, o'ylaymanki, barchangiz bu fikrga qo'shilasiz. O'z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o'zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – to'g'ri tarbiya va amaliy namuna demakdir”. Zero, dunyoda yuz berayotgan voqea va hodisalarni teran anglab terrorizmga qarshi kurashda ma'rifat asosida chuqur o'ylab bir tan-u bir jon bo'lib harakat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shunday bir sharoitida tinchlik, barqarorlikni saqlashda eng avallo, ma'naviyat va ma'rifatga e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Jahon geosiyosiy maydonidagi o'zgarishlar, globallashuv jarayonlarining kuchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi dunyoda keskin burilish yasamoqda. Insoniyat mutlaqo o'zgacha muhit, yangicha talab va ilgari kuzatilmagan xavf-xatar hamda tahdidlar kuchaygan bir sharoitda yashashiga to'g'ri kelmoqda. Dunyoda kechayotgan bunday jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma'naviy-ma'rifiy sohalarga ham jiddiy ta'sir o'tkazmoqda. Turli mintaqa va davlatlarda sodir bo'layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar ba'zi hollarda buzg'unchi kuchlar qo'lida zararli g'oya va mafkuralarni targ'ib etishning qulay, tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko'rsatyapti. Bu kabi tahdidlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yemirilishiga, zo'ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas'uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlarning ildiz otishiga zamin yaratmoqda. Bunday murakkab sharoitda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, mustaqillikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash har bir davlat oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir. Zero, o'zgarib borayotgan dunyo manzarasi va uning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, vujudga kelayotgan tahdid, xavf-xatarlarga qarshi kurashda butun jamiyatni safarbar etish mamlakat kelajagi hamda taraqqiyotining muhim shartidir.Jaholat nafaqat diniy shaklda, balki dunyoviy, dahriylik ko'rinishida ham namoyon bo'ladi. Bunday illatlarga qarshi ma'rifat asosida kurash olib borish, ma'naviyat masalasi o'zbekistonlik barcha sog'lom fikrli kishilarning vijdon ishiga aylanishini davr taqozo etmoqda. Zero, ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omilidir. Shu bois inson ma'naviy olami, xalqimiz madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish hamda jahon ilm-fani yutuqlari, umumbashariy taraqqiyot tajribalari asosida yovuz, buzg'unchi g'oyalarga qarshi ma'rifat bilan kurashda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Albatta, kechirimli, mehr-oqibatli bo'lish xalqqa ham, Xudoga ham manzur bo'ladi. Mana shunday ezgu fazilatlar bizning bag'rikeng xalqimizni yanada ulug'laydi. Jaholatga qarshi – ma'rifat” degan fikrda katta ma'no bor. Bu g'oya faqat diniy tarbiya bilan bog'liq ishlarda emas, balki hayotimizning barcha sohalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir masalani ma'rifat asosida chuqur o'ylab, xalqqa hurmat bilan, takror va takror aytaman, odamlar fikrini inobatga olib, faqat qonun va adolat mezoniga tayangan holda hal etsak, el-yurtimiz bizdan albatta rozi bo'ladi”, – deya ta'kidlashi ayni haqiqatdir. 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin