Shamanizm (shomonlik). Shamanizm (“shaman”so’zi tungus-manchjur tilidagi “sa” – bilmoq fe’li bilan bog’liq, “saman” – biluvchi kishi). SHamanizm animizm, totemizm va fetishizm natijasida yuzaga kelib, u orqali kishilar o’z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. O’tmishda ko’proq ayollar shamanlik bilan shug’ullanganlar. SHamanlar jazavali, asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo’lishi, jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga juda ishonganlar.
SHamanlar ritual harakatlari orqali – ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida o’zlarini jazavaga solib, o’zini yo’qotish, jazavani yuqori natijaga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. SHaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko’rmay qolar edi. SHuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Bu odamlarning fikr yuritishi, ongining mustahkamlanishida katta rolь o’ynadi va diniy ongning shakllanishida muhim o’rin tutdi.
Sehrgarlik (Magiya). Sehrgarlik (afsun) – odam, hayvon va tabiatga g’ayritabiiy yo’l bilan ta’sir o’tkazish maqsadida bajariladigan ritual urf-odatlar majmuasidir. Afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus kishilar –shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar.
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga oshirilishi mumkin edi.
Sehrgarlik maqsadiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
“Yaxshi niyatda” amalga oshiriladigan – “oq sehrgarlik” (“belaya magiya”)
“Yovuz niyatda” amalga oshiriladigan – “qora sehrgarlik” (“chyornaya magiya”);
Harbiy sehrgarlik (qurol aslahani sehrlash);
Sevgi sehrgarligi (“issiq”, “sovuq” qilish)
Tibbiy sehrgarlik (davolash maqsadida)
Ob-havo sehrgarligi ( yomg’ir chaqirish)
Sehrgarlik zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
Dinshunoslikning_fan_sifatida_shakllanishi,_predmeti,_funksiyalari,_kategoriyalari.'>Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari. “Dinshunoslik” fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan dunyoviylik va diniylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, jinoyat, fuqarolik, oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Din va qonun o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri anglash, respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda talabalarga “Dunyo dinlari tarixi” fanini o‘qitish muhim masalalardan biriga aylandi.
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. SHuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan muhim o‘zgarishlar, yangiliklar haqida ma’lumotlarni berish ko‘zda tutilgan.
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;
ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish;
dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;
dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;
diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.
“Dinshunoslik” fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, utalabalarda islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydi.
“Dinshunoslik” fani bo‘yicha talabalarning bilimi, uquvi va ko‘nikmasi uchun quyidagi muhim talab, vazifalar qo‘yilgan:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, dini, jumladan, islom dini qadriyatlari, milliy g‘oya, milliy mafkura haqida bildirgan fikr va mulohazalar, ta’rif va tavsiflarni mazkur fanni o‘rganishda nazariy asos qilib olish;
ikkinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun va boshqa qonuniy hujjatlarda din masalasi yuzasidan belgilangan inson huquqlari, turli diniy tashkilotlar huquqlari va majburiyatlarini bilish;
uchinchidan, “Dinshunoslik” asosiy fanlar qatorida o‘qitilishi, din, dindorlar va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosat o‘rnatilishi, fuqarolar uchun vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi mustaqillik sharofati ekanligini tushunib etish;
to‘rtinchidan, qonunga hurmat hissini, faqat o‘zining emas, balki boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ulari bilan hisoblashish lozimligini, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish, turli norasmiy diniy mazhab va guruhlarga jalb etish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligini, jamoat joylarida diniy masalalarda zo‘ravonlik, mutaassiblikka, agressivlikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini chuqur tushunib etish;
Beshinchidan, “Dinshunoslik” fanining boshqa gumanitar fanlar bilan birga rivojlanishini nazarda tutgan holda, o‘zi qo‘lga kiritgan soha yutuqlaridan ushbu fanni o‘zlashtirishda foydalanish.