Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl
Dinlar paydo bo‘lishining geografik va xronologik tasnifi. Dinlar unga e'tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o'zining ma'lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko'ra turli guruhlarga bo'linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo'lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo'lishidan qat'i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo'lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma'lum bir jihatga e'tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:
tarixiy-geografik jihatga ko'ra;
etnik jihatga ko'ra;
e'tiqod qiluvchilarining soniga ko'ra;
hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o'lik diniy tizimlar) va h.k.
I. Tarixiy-geografik tasnif.
1) O'rta yer dengizi havzasi dinlari:
a) grek;
b) Rim;
c) ellinistik.
2) Qadimiy Yaqin va O'rta Sharq dinlari:
a) Misr;
b) Shumer;
c) Akkad;
d) g'arbiy-somiy;
e) islomgacha arablar dinlari.
3) Yaqin va O'rta Sharqning payg'ambarli dinlari:
a) zardushtiylik;
b) yahudiylik;
c) xristianlik;
d) manixeizm;
e) islom.
4) Hindiston dinlari:
a) vedalar dinlari;
b) hinduizm;
c) hind buddizmi (teravada, maxayana);
g) jaynizm.
5) Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari:
a) Shri-Lanka, Tibet, Janubi-Sharqiy Osiyo havzasi buddizmi;
b) Xitoy dinlari (daosizm, konfutsiychilik, buddizm maktablari);
c) Koreya va Yaponiya dinlari.
6) Amerika hindulari dinlari:
a) toltek va atsteklar dinlari;
b) inklar dinlari;
c) mayyalar dinlari.
II. Etnik tasnif.
Urug’- qabila dinlari - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), konfutsiylik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
Jahon dinlari - dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’inazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik - yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik - ko’pxudolik (hinduiylik, konfutsiylik) dinlariga bo’linadi.