Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə5/24
tarix12.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bobomurod dis

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqotning ob’yekti sifatida biogaz va biogaz hosil qiluvchi chirindi o‘g‘itlar olingan. Tadqiqotning predmeti qishloq sharoitida foydalanishga mo’ljallangan mini biogaz qurilmasi konstruksiyasi hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish usullarini o‘rganish. Qishloq sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan mini biogaz qurilmasi konstruksiyasini tuzishdan iborat.
Dissertatsiyaning maqasadidan kelib chiqib, unda quyidagi vazifalar belgilangan:

  • O‘zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitida biogaz qurilmasidan foydalanishni o‘rganish;

  • Bu vazifani bajarishda Muqobil energiyaning o‘rni va uni rivojlantirish bilan bog’liq boʻlgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimlari yuzasidan tegishli takliflar, ilmiy xulosalarni shakllantirish;

  • Biogaz bo‘yicha Oʻzbekistonda olib borilgan ishlar va tajribalarni tahlil qilish;

  • Biogaz qurilmasini qishloq sharoitida foydalanishga moslashtirish;

Ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan oqilona foydalanish dasturi ishlab chiqilgan;

  • Mini biogaz qurilmasi ustida oʻtkazilgan tadqiqot va tajribalar tahlili ishlab chiqilgan;

  • O‘zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitida foydalanishga mo’ljallangan mini biogaz qurilmasi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari shundaki, tadqiqotning ishlab chiqilgan ilmiy takliflari va oʻtkazilgan tadqiqot hamda tajribalari qishloq sharoitida foydalanishga mo’ljallangan mini biogaz qurilmasidan foydalanishda tejamkor va samarali usullarni qo‘llashga ruxlantiradi va bu jarayonning tizimini shakllantiradi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Muqobil energiya manbalaridan sanoat masshtablarida elektr va issiqlik energiyalari olishda horijda Goratsiy de Sosyur, Piter Gleyzer, Edmond Bekkerel, Avgust Mush, Uilyam Grills Adams, Richard Evans Dey, Genriks Kserts, Albert Eynshteyn, Robert Milliken, Yan Tsoxralskiy5 kabi olimlar shugʻullanishgan.
Hamdo‘stlik davlatlaridan A. I. Lastak, A. I. Lastak kabi olimlar muqobil energiya manbalarini elektr energiyasiga aylantirish boʻyicha ishlar olib borishgan.
Respublikamizda G‘. Y. Umarov, Azimov S.A., Risqiyev T.T., Odilov G‘.T. kabi olimlar hududlarning texnik-iqtisodiy potensialini oʻrgangan holda muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish yoʻllarini oʻrganishgan.
Mazkur tadqiqotlar natijasida ushbu yoʻnalishda amaliy natijalarga erishilgan boʻlsada, qishloq sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan mini biogaz qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish boʻyicha yetarlicha tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin