Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar


-rasm. Hisoblash eksperimentining sxemasi



Yüklə 173 Kb.
səhifə2/4
tarix05.05.2023
ölçüsü173 Kb.
#108331
1   2   3   4
Mustaqil ishi Mavzu Hisoblash eksperimentining sxemasi

1.1 -rasm. Hisoblash eksperimentining sxemasi


Misol sifatida, kosmik kemani Erdan Zuhro sayyorasiga eng qulay
trayektoriya bo‘yicha uchirish masalasini hal qilish talab qilingan bo‘lsin.
Birinchi navbatda, qo‘yilgan masala turli soha mutaxassislari tomonidan
atroflicha o‘rganilishi va bu jarayonni ifodalaydigan eng muhim bo‘lgan asosiy
6 parametrlarni aniqlash kerak bo‘ladi (1.1.- rasm, 1-blok). Masalan, fizik-astronom muhandis tomonidan masala qo‘yilishining o‘rinli ekanligi, ya’ni sayyoralar orasidagi masofa va atmosfera qatlamlarining ta’siri, yerning tortish kuchini engib o‘tish va kemaning og‘irligi, zarur bo‘lgan yoqilg‘ining optimal miqdori va kosmik kemani qurishda qanday materiallardan foydalanish zarurligi, inson sog‘lig‘iga ta’siri va sarflanadigan vaqt va yana turli tuman ta’sirlarni hisobga olgan holda shu masalaning matematik modelini tuzish zarur bo‘ladi. Zikr etilgan ta’sirlarni va fizika qonunlarini hisobga olgan holda bu masalani ifodalaydigan muayyan differensial yoki boshqa ko‘rinishdagi modellovchi tenglama hosil qilish mumkin bo‘ladi. Balki bu masalani bir nechta alohida masalalarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu matematik modelni o‘rganish asosida mazkur masalani ijobiy hal qilish yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi bu masalani yechishga qodir emas degan xulosaga ham kelish mumkin. Ushbu fikrlar, yuqorida keltirilgan sxemaning 2-blokiga mos keladi.
Faraz qilaylik, matematik model ishlab chiqildi. Endi uni kompyuter
vositasida yechish masalasi paydo bo‘ladi. Bizga ma’lumki, kompyuter faqat 0 va
1 diskret qiymatlar va ular ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara oladi
xolos. SHuning uchun matematik modelga mos diskret modelni qurish zaruriyati
tug‘iladi (3-blok). Odatda, matematik modellarga mos keluvchi diskret modellar
ko‘p noma’lumli murakkab chiziqsiz algebraik tenglamalar sistemasi (chekli
ayirmali tenglamalar-sxemalar) ko‘rinishida bo‘ladi (4-blok). Endi, hosil bo‘lgan
diskret modelni sonli yechish usuli – algoritmini yaratish zarur bo‘ladi. Algoritm
esa tuziladigan dastur uchun asos bo‘ladi (5-blok). Odatda, tuzilgan dasturni ishchi
holatga keltirish uchun uning xato va kamchiliklarini tuzatish – sozlash zarur
bo‘ladi (6-blok). Olingan sonli natijalar hali dasturning to‘g‘ri ishlayotganligiga
kafolatini bermaydi. SHuning uchun olingan natijalarni masalaning mohiyatidan
kelib chiqqan holda tahlil qilish kerak bo‘ladi (7-blok). Agar olingan natija
o‘rganilayotgan jarayonni ifodalay olmasa, masalani 1.1- rasmdagi sxema asosida
qaytadan ko‘rib chiqish va zarur bo‘lgan joylarda o‘zgartirishlar kiritish kerak
bo‘ladi. Bu jarayon to kutilgan ijobiy yoki salbiy natija olinguncha davom ettiriladi
va bu takrorlanuvchi jarayon hisoblash eksperimenti deb ataladi. Odatda, hisoblash
eksperimenti deganda, soddaroq holda, model, algoritm va dastur uchligini
(triadasini) tushunish mumkin (1.2-rasm).

Yüklə 173 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin