O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM ,FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI Mirzo Ulug`bek nomidаgi O`zbekiston Milliy universiteti _________________________________________________ YO’NALISHI ____ GURUH TALABASI ______________________________________ NING _____________________________________________________ FANIDAN TOPSHIRGAN
HISOBLASH EKSPERIMENTINING SXEMASI Reja: Amaliy masalalarni yechish jarayoni va unga qo’yilgan talablar.
Hisoblash eksperimentining sxemasi va uchligi
Algaritimlar va ularning turlari.
Kundalik faoliyatimizda biz turli xil muammolar, vazifalarga duch kelamiz. Biz uchun ular talab yoki savol shaklida bo‘ladi. Masalan, «Kvadrat tenglamani yechish», «Dengizda nechta tomchi suv bor?», «Ikki karra ikki necha bo‘ladi?» kabi. Masalani yechish uchun kerakli amallarni bajarish, ma’lum bir ketmaketlikda qator harakatlarni amalga oshirish darkor. Aynan shu harakatlar ketmaketligini to‘liq tasavvur etishimiz va tasvirlab berishimiz kerak. Turli muammo, masala yoki jarayonlarni o‘rganishni kompyuter yordamida amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, tadqiq qilinayotgan masala, jarayon - obyektning matematik ifodasi, ya’ni matematik modelini qurish kerak bo‘ladi. Matematik model real obyektning tasavvurimizdagi mavhum ko‘rinishi bo‘lib, u matematik belgilar va ba’zi-bir qonun-qoidalar bilan ifodalangan bo‘ladi. Qurilayotgan obyektning matematik modelini yaratish juda murakkab jarayon bo‘lib, o‘rganilayotgan obyektga bog‘liq ravishda turli soha mutaxassislarining ishtiroki talab etiladi. Umuman, biror masalani kompyuter yordamida yechishni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin (1.1.-rasm).