Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash
Kvalimetriya va qarorlar qabul qilish nazariyasi.
Biror bir jism, ob’ekt, jarayon yuzasidan qarorlar qabul qilishda qarorlar qabul qilish nazariyasi asosida mezonlar ishlab chiqiladi. Mazkur mezonlar asosida jism, ob’ekt, jarayonning matematik modeli yaratiladi va uning
miqdor va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Tabiiy va ishlab chiqarilgan jism, buyum, iste’mol mahsulotlarini foydalanishga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda matematik model
Tabiat va jamiyatda mavjud tizimlarning tahlili ilmiy tadqiqotlar, qarorlar qabul qilish nazariyasini o‘z ichiga oladi.
Tizimlarni tahlil etishning muhim muammosi ob’ektning matematik model, ishlab chiqarishdan ko‘zda tutilgan maqsadga mosligi, sifat va miqdor ko‘rsatkichlar talabiga javob berishini uzviylikda aniqlash sanaladi.
Tizimlarni tahlilining ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishdan ko‘zda tutilgan maqsadga erishish jarayonlarining talab darajasida o‘tkazilganligi, ob’ektga qo‘yilgan talablarga javob berishi, ishlab chiqarishdan ko‘riladigan foyda, tizim tarkibiy qismlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Kvalimetriya va tizimlar tahlilini bir-biriga qiyoslab bo‘lmaydi, chunki ular bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Tabiat, ishlab chiqarish va jamiyatda qo‘llaniladigan tizimlar, ularning tarkibiy qismlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda kvalimetriya metodlari asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.