Pedagogik kvalimetriyaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Horijiy mamlakatlarda chop etilgan adabiyotlar tahlili, kvalimetriya metodlaridan iqtisodiyotda, iste’mol buyumlarni indekslash, bunda tahlil, eksperimentel, indeksli metodlardan foydalanish metodikasi G. Agzalov, A. Kostin, A. Omistelar tomonidan chop etilgan The ABC of Qualimetry kitobida o‘z ifodasini topganligini ko‘rsatdi5.
Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini nazorat qilish va baholash, mazkur tizimda pedagogik faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini aniqlashda pedagogik kvalimetriya metodlari muhim o‘rin tutadi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari shu jumladan, oliy ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar pedagogik kvalimetriyani fan sifatida ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, prinstiplari, kvalimetrik shkala, kvalimetrik jarayonning bosqichlari, pedagogik kvalimetriya metodlari vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini tashxislash va baholash, olingan natijaga muvofiq umumiy xulosalash, kasbiy-pedagogik faoliyatda kvalimetriya metodlarini qo‘llashdagi yondoshuvlarning mazmun-mohiyatini anglashi lozim.
Shu bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetenstiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish, standart va nostandart test topshiriqlarini
Garry G. Azgaldov.Alexander V. Kostin Alvaro E. Padilla Omiste. The ABC of Qualimetry. Toolkit for measuring theimmeasurable Ridero 2015. pp 17
tuza olishi, test o‘tkazish jarayonining metodikasi, olingan natijalarni ekspertizadan o‘tkazish, yakuniy natijalarni umumlashtirish, pedagogning kasbiy-pedagogik modelini tuzish va modelning har bir tarkibiy qismining egallanganlik darajasini aniqlash, talabalarning umumiy va kasbiy layoqatinini aniqlash metodikasi, talabalar tomonidan bilimlarni egallaganlik va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash va pedagogik xulosa yasash malakasini egallagan bo‘lishi zarur.
Pedagogik kvalimetriya professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini aniqlashda ham o‘rin tutadi. Pedagog kadrlarning o‘z kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kasbiy layoqatini baholash va o‘z-o‘zini baholash uchun pedagogik kvalimetriyaning quyidagi metodlaridan foydalaniladi6:
Ekspertiza metodi
Tahlil metodi.
Pedagogik jarayonni kuzatish va tahlil qilish.
So‘rovnoma o‘tkazish
Test topshiriqlari.
Suhbat metodi.
Matematik-statistik tahlil qilish.
Umumlashtirish.
Dostları ilə paylaş: |