Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə27/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Tayanch iboralar Innovastiya, testologiya, moderator o‘qituvchilar, o‘qitish jarayonining yaxlitligi va tizimliligi, ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari, Blum taksonomiyasi, test topshiriqlarining turlari, standart va nostandart test topshiriqlari, testlarning qiyinlik darajalari, reproduktiv daraja, produktiv daraja, qisman-izlanishli daraja, ijodiy (kreativ) darajada.
    1. Testlarning ta’rifi, tasnifi, metodologik asoslari.

Uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri ta’lim- tarbiya jarayonida innovastion muhitni yaratish sanaladi.


Avvalo, innovastiya so‘zining ma’nosini tahlil qilish lozim.
Innovastiya-inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, in-kiritish, novastiya yangilik degan ma’noni beradi.

O‘qitishda innovastion muhitni yaratish o‘qituvchidan ko‘p qirrali izlanish va amaliy faoliyatni talab etadi.


Respublikamizda uzluksiz ta’limni joriy etish jarayonida ta’lim mazmuni yangilandi, o‘quv dasturlari va o‘quv fanlari bo‘yicha DTS modernizastiyalandi. Ushbu jarayon ta’lim- tarbiya jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini innovastiya kiritish orqali modernizastiyalashni talab etmoqda.
Zamon bilan hamnafas pedagogik faoliyat yuritayotgan moderator o‘qituvchilar yuqorida qayd etilgan talablarga monand holda o‘qitishda interfaol metodlar, pedagogik va axborot-kommunikastion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalarni egallamoqda.
Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimiga innovastiya quyidagi yo‘llar orqali tatbiq etilmoqda:

  • Axborot va kommunikastion texnologiyalar-texnologik innovastiyalar;


  • Ta’lim-tarbiya jarayonining mazmunini yangilash, uning borishi va o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruvchi texnologiyalar- pedagogik innovastiyalar;


  • Ta’lim sohasidagi zamonaviy iqtisodiy mexanizmlar-iqtisodiy innovastiyalar;


  • Ta’lim sohasidagi zamonaviy tuzilmalar-tashkiliy innovastiyalar; Ma’lumki, yuqorida qayd etilgan innovastiyalar ta’lim-tarbiya jarayoniga kompleks holda joriy etilishi o‘qituvchidan muayyan metodik bilim, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, pedagogik kompetentlik(layoqat)ni talab etadi. O‘qituvchining zamonaviy metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi, shuningdek, pedagogik kompetentlik (layoqat)ning mavjudligi uning o‘z pedagogik faoliyatida barkamol shaxsni voyaga etkazishni nazarda tutishiga asos bo‘ladi. Innovastion ta’lim muhiti o‘qituvchilardan qaysi bilimlarni egallash va amaliy faoliyatni talab etmoqda?


  • O‘qitishda innovastion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan amaliy faoliyati.


  • O‘qitishning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi amaliy faoliyati.


  • O‘qitishda kasbiy yo‘naltirilganlikni amalga oshirishdagi faoliyati. Ta’lim-tarbiya jarayonida innovastion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan o‘qituvchining amaliy faoliyati quyidagi bosqichlar:


  • Innovastion texnologiyalarning metodologik asoslarini o‘zlashtirgan holda uni pedagogik amaliyotda qo‘llash yo‘llarini belgilash;


  • Innovastion texnologiyalar talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash;


  • O‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar, mustaqil ta’limning didaktik maqsadlarini e’tiborga olgan holda innovastion texnologiyalarni tanlash va joriy etish;


  • O‘qitishning asosiy shakllari bo‘lgan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘rganiladigan mavzuni mazmunini e’tiborga olgan holda axborot-kommunikastion va pedagogik innovastiyalarni uyg‘unlashtirish va amalda qo‘llash;


  • Mazkur jarayondan olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalaridagi bo‘shliqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilashdan iborat.


1-jadval





Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin