Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə35/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Nostandart testlar

Standart testlar mazmuni bo‘yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan test topshirig‘i savoli va to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblardan iborat bo‘lsa, nostandart testlar o‘zining mazmuni, tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi.


Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
  • Integrativ testlar;


  • Adaptiv testlar;


  • Mezonli-mo‘ljal olish testlari.


Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchisining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.


Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, talabalarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida talabaning egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.
Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, qo‘llanish maqsadiga ko‘ra: o‘rtacha og‘irlikdagi, talabaning tanlashiga ko‘ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo‘lishi mumkin.
Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo‘lim, kurs mazmuni bo‘yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari talabalarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur kursning o‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim- tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o‘quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi, ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o‘tkaziladi, pirovar natijada talabalarning shu kursni o‘zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.
Mezonli-mo‘ljal olish test sinovlari orqali talabalarning bilimlaridagi bo‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
Nostandart test topshiriqlarini tayyorlashda mazmun va shakl asosiy o‘rinni egallaydi.
Shu sababli, test topshiriqlari mazmunini tanlash prinstiplari haqida fikr yuritish lozim.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin