Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


Antik davr va O‘rta asrlarda rivojlanishi, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davri



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə16/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Antik davr va O‘rta asrlarda rivojlanishi, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davri ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi talabalarning ongiga falsafiy-diniy mazmundagi bilimlarni etkazish sanalgan. Asosiy e’tibor jamiyatni barqarorlashtirish, jamiyat a’zolarini diniy savodxonlikka ega qilishga qaratilgan. O‘sha davrda oliy ta’lim muassasalarining shakllanish jarayoni boshlanishiga to‘g‘ri keladi va u ta’lim muassasalarida ixtiyoriy ravishda 7 ta san’at yo‘nalishini o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur san’at yo‘nalishini o‘rganish jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy rivojlanishi, estetik did, ekologik qarashlarning vujudga kelishiga zamin tayyorlagan.
O‘sha davrning ta’lim muassasalarining ta’limiy maqsadi sifatida talabalarning intellektual va jismoniy barkamolligini ta’minlash, mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish belgilanganligi bois, ta’lim- tarbiya jarayonida talabalar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish barobarida o‘qitish jarayonida vujudga keltiriladigan muammoli vaziyatlarda muammolarni aniqlash, tahlil, sintez, taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish va xulosa yasash kabi aqliy operastiyalarni bajarishi ko‘zda tutilgan. Talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar og‘zaki savol-javob va suhbat orqali nazorat qilingan va baholangan.
Ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasi og‘zaki savol-javob va suhbat orqali nazorat qilinishi ko‘zlangan natijani bermaganligi sababli, nazoratning keng qamrovli va maqsadga muvofiq shakl va vositalarini ishlab chiqish zarurati vujudga keldi.


XVI-asr va XIX-asrning oxirigacha bo‘lgan davr, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bo‘yicha dastlabki tasavvurlar paydo bo‘lgan davrda ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasi va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini baholash yuzasidan muayyan izlanishlar olib borilgan, lekin mazkur izlanishlar ko‘zlangan natijani bermagan.
Atoqli pedagog Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida asosiy didaktik kategoriyalar, o‘qitish maqsadi, ta’lim mazmuni, bilimlarni nazorat qilish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini belgilash didaktik jihatdan asoslanilgan.
Olim tomonidan pedagogika faniga yangi atama va tushunchalar “bilimlarni nazorat qilish va baholash”, “imtihon”, “kollekvium”, “diktant” kabilar kiritildi.
Ma’lumki, o‘qitish jarayonining baholashda yakuniy natija sifatida talabalar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanadi.
Ta’lim muassasasining yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash sifatini orttirish maqsadida besh balli baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin