Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə62/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Kvalimetriya va matematika. Nazariy kvalimetriya matematikaning juda ko‘p muammolarining xususiyatlarini tahlil etadi. Ba’zi muammolar hal etilgan va amaliy matematikada muhim qoidalar sifatida qo‘llaniladi. Murakkab muammolarni hal etish uchun kvalimetriya amaliy matematikaning juda ko‘p bo‘limlari bilan birgalikda hal etish yo‘llarini tadqiq etishi lozim.

Shuni qayd etish lozimki, boshqa fanlarda kvalimetriya matematik metodologiyasi va prinstiplarini qo‘llaydi, ya’ni matematik nazariya va statistika metodlarini qo‘llaydi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, kvalimetriya matematika, xususan amaliy matematika va matematik statistika bilan uzviy bog‘liq.

Kvalimetriya va tipologiya. Tipologiya tabiiy jamoalar va ideal modellarni o‘rganishning ilmiy metodi sanalib, ulardagi o‘zgarishlar va buzilishlarning sabablarini o‘rganadi.

Tipologiya sistematika va taksonomiya yo‘nalishlaridan olingan natijalarni o‘rganish kvalimetriyaning metodologik metodlaridan foydalanishni talab etadi.

Mazkur metod ob’ekt sifatini uning modeli va ko‘rsatkichlari asosida o‘rganish asosida mazkur ob’ekt sifatining modelini iearxik, ko‘p darajali modelining shajarasini tuzish imkonini beradi.

Qat’iy darajada aytish lozimki, ob’ekt sifatining modelini iearxik, ko‘p darajali modelining shajarasini tuzish nafaqat kvalimetriyada balki barcha fanlarning nazariy masalalarida asosiy o‘rin egallaydi.

    Kvalimetriya va tizimlarning umumiy nazariyasi.



Yuqorida kvalimetriyaning boshqa fan sohalari bilan uzviy aloqasi haqida berilgan fikrlar tizimlarning umumiy nazariyasi fan tarmog‘iga ham taaluqli.

Haqiqatan ham tabiat va jamiyatda mavjud tizimlarni o‘rganishning umumiy nazariyasi, o‘rganiladigan tizimning tarkibiy qismlarini ko‘p darajali, ko‘p maqsadli, ierxarik darajasini shakllantirish, ularning sifati (K),

indekslari (Q) ni e’tiborga olgan holda tizimning umumiy nazariyasi kvalimetriyaning metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan.

Shu sababli, kvalimetriya va tizimlarning umumiy nazariyasi bir-biri bilan uzviy bog‘liq.

    Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin