Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə61/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Kvalimetriya va metrologiya.



Jism va ob’ektlarning o‘lchovlari haqidagi ta’limotni o‘rganadigan metrologiya fanida kvalimetriyaning asosiy vazifalaridan biri, jism va ob’ektlarning sifatini miqdoriy ko‘rsatkichlarda baholash sanaladi12.

Jism va ob’ektlarning sifatini miqdoriy ko‘rsatkichlarda baholash uchun o‘sha ob’ekt va jismlarning absolyut kattaliklari Ks va Qs indeksni aniqlash kerak bo‘ladi.

Ko‘pchilik hollarda mazkur indekslar fizik parametrlar bilan o‘lchanadi.
  1. Azgaldov, G. G, Kostin A. V. Alvaro E. Padilya Omiste , "The ABC of Qualimetry: Ridero 2015. p 51




Shuni qayd etish kerakki, fizik ko‘rsatkichlar ob’ektlarning ko‘p xususiyatlarini, shuningdek sifatini aniqlash imkonini bermaydi, buning uchun tajriba yo‘li bilan aniqlangan K ni qo‘llagan holda mazkur ob’ektning sifati Q aniqlanadi.

Mazkur metod vaqtinchalik metod bo‘lib, uni metrologik metodlar bilan tajriba metodlari bilan majmua holda qo‘llashni talab etadi.

Amaldagi nazariya bo‘yicha ob’ektlarning xususiyatlari va sifatini tavsiflash va identifikastiyalash lozim bo‘ladi.

Shunday qilib, metrologik va kvalimetriya o‘rganib xulosa yasash mumkinki, metrologiyadan olingan ma’lumotlar, kvalimetriyada mazkur ob’ektning yangi sifat darajasini konstrukstiyalash imkonini beradi.

Kvalimetriya va amaliy psixologiya. Tajriba metodlariga asoslangan amaliy psixologiyaning tajriba metodlari kvalimetriyada muhim o‘rin tutadi. Inson psixologiyasini o‘rganish ularning ehtiyojlarini qondiradigan yangi manbalar, mahsulotlar yaratish, inson ehtiyojlarining kelib chiqish sabablari va ularni tavsiflash, indekslarni iearxik darajalarini tuzish imkonini beradi.

Mazkur ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish mahsulotlari bilan ehtiyoj o‘rtasidagi absalyut aloqa indeksi (Q) ni aniqlash va nisbiy indeks (K) o‘rtasidagi tabiiy munosabatlarni aniqlash, pirovard natijada kvalimetriyadagi muayyan muammolarni hal etish imkoniyatini yaratadi.

Eksperimental psixologiyada tajriba metodining rivojlanishi insonning fiziologik-biologik rivojlanishi, ularning psixologik xususiyatlari, ustuvor prinstiplari aniqlanib tajribalarning umumiy holati haqida ma’lumot beradi.

Insonning psixologik rivojlanishida tipik va tasodifiy xatolarni aniqlash, urani bartaraf etish yo‘llarini aniqlash, tajriba o‘tkazilgan ob’ektning sifati haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.

Shunday qilib, kvalimetriya ko‘rsatkichlarining eksperimental psixologik tajribalari natijalari yuzasidan xulosa chiqarilishiga uzviy aloqadorlik

mavjud.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin