12. Iqtisodiyotda axborot komplekslariva texnologiyalarida
Axborot muhiti. Axborot muhiti o‘zaro bog‘langan uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot texnologiyasi, boshqaruvning ishtirok etuvchi ob’ektlari.
Axborot infratuzilmasi axborotdan o‘z maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Axborot texnologiyalari foydalanuvchilarni zarur texnologiya-lar bilan ta’minlash vositasi sanaladi.
Axborot infratuzilmasi doirasida axborot texnologiyalari foydalanuv-chilari ham o‘zaro harakatlanuvchi o‘ziga xos muhit sifatida ko‘rib chiqiladi.
Foydalanuvchi kerakli axborotni olish uchun rasmiy (formal) va norasmiy axborot tizimlari yordamida uning manbaiga murojaat qilishi lozim. Tashqi manbaga rasmiy tizim orqali kirib boriladi. Bu tizim axborotni raqam va matnli ma’lumot (statistik hisobotlar, kitob, jurnal, xabar va hokazo) ko‘rinishida taqdim etadi. Ichki manbaga murojaat qilish axborot texnologiyalari komponentlari – kompyuterlar, tizimli va amaliy dasturiy ta’minot hamda zarur hollarda kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ichki manbalar norasmiy tizim vositasida ma’lumotlar bazasidan so‘rovga javob tariqasida foydalanuvchini axborot bilan ta’minlaydi. Foydalanuvchi rasmiy va norasmiy tizimga suyanib ijtimoiy faoliyat, korxona va tashkilot ishini tavsiflovchi axborotni oladi.
An’anaviy axborot texnologiyasi rivojlanishi ikki an’anaviy segment ma’lumot va matndan tashqari, yana qo‘shimcha ikkita segment-tasvir va nutqni qayta ishlashni ta’minlaydi.
Axborot muhiti axborotni qayta ishlash, qabul qilish, o‘tkazish va qidirish qobiliyatiga ko‘ra qismlarga bo‘linadi. O‘z navbatida, qayta ishlash qobiliyati insonning axborotni qabul qilish imkoniyatiga ko‘ra aniqlanadi. Ayrim hollarda axborot shakl, hajm va hokazo belgilar bo‘yicha tarkiblashtirishni talab qiladi.
Qayd etish lozimki, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj bo‘ladi. Chunki u axborotni uyg‘unlashtirishga qancha ko‘p vaqt va kuch sarflasa, samaradorlik ham shuncha kam bo‘ladi. Foydalanuvchining faoliyat samarador-ligini oshirish uchun axborotni integrallash jarayonini turli yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin. Integrallash jarayonining darajasini belgilashni yangi axborot texnologiyalari SHK, MBBTlar ta’minlaydi. Asosiy urg’u turli xildagi axborot-ni qayta ishlash imkonini beradigan va o‘z ichiga integrallashgan ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, aloqa vosita-lari va matnli protsessorlarni oluvchi amaliy dasturiy ta’minotga qaratiladi.
Axborot tizimining namunaviy tarkibi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam-(xodim), texnik vositalar va dasturiy ta’minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma’lumotlarni qayta ishlaydi