Oliy ta`lim xizmatlari sifatini oshirishda autsorsingning o‘rni


Avtonom oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashqi autsorserlar bilan ixtisoslashgan holda tashkil etish modellari2



Yüklə 91,66 Kb.
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü91,66 Kb.
#192104
1   2   3   4   5   6   7
6 Режапов Х макола Иктисод ва таълим ЛОТИН

Avtonom oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashqi autsorserlar bilan ixtisoslashgan holda tashkil etish modellari2

Model nomi

Predmeti

Subʼekti

Agrar

Qishloq hududlaridagi yosh fermerlarni tayyorlash markazlari

Tuman, shahar, viloyat hokimiyatlari, klasterlar

Sanoat

OTM laboratoriyalari va sanoat korxonalari

Savdo-sanoat palatasi, Aksiyadorlik jamiyatlari, Sanoat uyushmalari

Inklyuziv

Imkoniyati cheklangan, nogiron fuqarlarni kasbga o‘qitish markazlari, dam olish va davolanish maskanlari

Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, taʼlim va sog‘liqni saqlash hayriya fondlari, ijtimoiy himoya markazlari

Xalqaro

OTM huzuridagi hunarmandchilik va sanʼat, pedogogik mahoratni oshirish markazlari

Hunarmandar uyushmalari, Qo‘shma korxonalar, OTMlar kengashi

Tarmoq

Turli darajadagi taʼlim tashkilotlari, sanoat treninglari uchun birlashtiruvchi taʼlim majmualari

Shahar, tuman, viloyat hokimliklari, hududiy taʼlim boshqarmalari va aksiyadorlik jamiyatlari

Davlat korporatsiyalari

Biznes infratuzilmasi, jumladan, biznes inkubatorlar, venchur fondlar, ilmiy jamiyatlar, kasaba uyushmalari

Savdo-sanoat palatasi, tadbikorlar va taʼlim tizimining boshqaruv organlari

Okrug o‘quv modeli

Universitet shaklidagi turli darajadagi uyushmalari, taʼlim muassasalari, davlat unitar korxonalari

Davlat unitar korxonalari, oliy taʼlim muassasalari, Savdo-sanoat palatasi, kichik va o‘rta biznes uyushmalari

Jahon mehnat bozorida kadrlar yetkazib berishning samarali vositasi sifatida Autsorsing raqobatbardosh deb tan olingan. Adekvat javobini, sifat kafolatlari va raqobatbardoshligini shakllantirish uchun iqtisodiyot va mehnat bozorlari ehtiyojlarini taʼminlaydigan tegishli hamkor vositalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tahlillarga ko‘ra, mamlakat taʼlim tizimida autsorsingni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida davlat boshqaruvi organlari, oliy taʼlim muassaslari va boshqa mustaqil jamoat birlashmalari o‘rtasida tegishli vakolatlarni o‘zaro taqsimlash bo‘yicha shartnomalarni markazlashtirilishi hisoblanadi. Bunda oliy taʼlim muassasalarining kasbiy yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ixtisoslashuvi jarayonlari chuqurlashadi.
Shunday qilib, oliy taʼlim xizmatlari bilan mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatalarda autsorsingni joriy etish tadbirkrlik sohasida intellektual salohiyatning ortishi, iqtisodiyot tarmoqlarida yangi qo‘shilgan qiymatlarning yaratilishi, jamiyat turmush farovonligini oshirishi bilan birgalikda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish strategiyasida ko‘zlangan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishish imkonini beradi. Taraqqiy etgan amaliyoti tahliliga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda har 72 soatda iqtisodiyot tarmoqlaridagi bilimlar hajmi qariyb ikki barobarga ortadi. Jumladan, rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida band bo‘lgan oliy maʼlumotli hodimlarning 55 foizi har yili o‘z kasbiy malakasini oliy taʼlim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali oshirib boradi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotida bilimni tijoratlashtirish orqali barqaror innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bunday natijaga erishilishida oliy taʼlim xizmatlari va mexnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda autsorsingni muvaffaqqiyatli joriy etilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 91,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin