KIRISH
Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni axborot jamiyatiga aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko‘rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish
bilan banddirlar. Bunday ishlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlashni mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug‘diradi. Ma’lumki, XXI asr – “Axborot – kommunikatsion texnologiyalari” asri. Bugungi kunda axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborotlarni qabul qilish va uzatish, qayta ishlash, axborot manbaalar imkoniyatlarini chuqur o‘rganib olish shart va muhimdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi axborot-kommunikatsiya va Internet texnologiyalaridan unumli foydalanish – bugungi kunning asosiy talabiga aylandi. Hozirda biz yangi yaratilgan texnologiyalardan, ularning innovatsion salohiyatlaridan ta’limda keng foydalanishni joriy etishimiz zarur. Biz yangi texnologiyalardan tayyor echimlar kutib o‘tirmasdan, balki o‘qituvchi va o‘quvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bu texnologiyalarning rivojlanishiga o‘z ijobiy ta’sirimizni o‘tkazishimiz kerak. Mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: “Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni echish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashga bog‘liq”.
NATIJALAR
Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan unumli va tizimli foydalanilsa, yaratilayotgan yangi avlod o‘quv darsliklari, qo‘llanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish amalga oshirilsa, tabiiyki ta’lim sifat va samaradorligi ortishiga erishiladi. Globallashuv jarayonini hisobga oladigan bo‘lsak, bugungi kunda hech qaysi faoliyat sohasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz istiqbolga erisha olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |