Oliy ta'limda Axborot kutubxona faoliyati



Yüklə 31,31 Kb.
səhifə3/4
tarix07.04.2023
ölçüsü31,31 Kb.
#94465
1   2   3   4
Oliy ta\'limda Axborot kutubxona faoliyati

MUHOKAMA


Mamlakatimizda nafaqat ta’lim jarayoni, balki barcha jabhalarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning PQ-2909, PQ-3151, PQ- 3775-sonli qarorlarida ham o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv- metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy
laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko‘rish masalalariga chuqur e’tibor qaratish, oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida optimallashtirish, mavjud axborot tizimlarini integratsiyalash, tahliliy ma’lumotlar tayyorlashning samarali tizimlarini joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar aytib o‘tilgan edi. Ushbu dasturni amalga oshirishda biz pedagog kadrlar zimmasiga intiluvchanlik, izlanuvchanlik, yaratuvchilik salohiyati yuklanadi. Aynan ana shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish bugunning dolzarb masalasidir. Ta’lim berishning bunday taraqqiyot bosqichi sifat jihatidan mutlaqo yangi texnologiyalarni samarali qo‘llash zaruriyatini talab etmoqda. Aynan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning omili sifatida ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Talalabalarni tabaqalashtirib o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashda quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
-qo‘shimcha elektron zahiralarni, ma’lumotlar va kutubxonalarni yaratish, tarmoqdan axborotni izlashni ta’minlovchi maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiqish kerak;
-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy ishlarini takomillashtirish, internetdan foydalanish, axborot texnologiyalari va psixologiya sohalari bo‘yicha mutaxassis bilan hamkorlikni o‘rnatish;
-fan-texnika va texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish;
-kompyuter vositasida o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va faol metodlarni qo‘llash;
-baholashda talabalarni faolligi va mustaqil ishlash qobliyatiga alohida e’tibor qaratish.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasida, talabaning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishiga olib keladi, bunda idrok etish, hissiy motivizatsiya jarayonida ular talabaning xarakteriga ta’sir ko‘rsatadi, bu vaqtda ta’lim oluvchini idrok etishga qiziqishi kuchayadi.
Talabalarni tabaqalashtirib o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchining o‘quv jarayonida (mustaqil ishlash, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z faolligini oshirish, o‘zi
mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi). Pedagogik tadqiqotlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim oluvchilarni nazariy-ijodiy va modulli-refleksli fikrlashlariga ta’sir ko‘rsatadi, negaki o‘quv axborotlarini kompyuterda vizuallashuvi tasavvur etishni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, obrazli fikrlashda markaziy o‘rin egallashi, obrazli tasavvurlash yoki boshqa xil namoyon bo‘lishlar va talabaning xotiraga olish jarayoni o‘quv materialini qabul qilishni osonlashtiradi va rivojlantiradi. Bunda quyidagi asosiy tamoiyllarga amal qilish lozim:
-insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishoch bilan qarash;
-hamkorlik, ya’ni pedagog va talabalar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;
-ta’lim-tarbiyada erkinlikka e’tibor haratish, ya’ni shaxs tarbiyasiga uning ichki hissiyotlari, orzu-intilishlaridan kelib chiqqan holda yondashish.

Yüklə 31,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin