II.TAFAKKUR TURLARI
Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xilma-xildir. Shu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo'ladi. Bilish uchun kerak bo'lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to'g'ri kelib qolganida, shuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga to'gri kelinganida odam o'z fikrini ishlatadi. Mana shunday ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bo'lishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkurga bo'linadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u aniq va abstrakt tafakkurga, yo'nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkurga bo'linadi.
Ijodiy tafakkur va tushunishPaydo bo'lgan savollarning javobini odam o'zi qidirib topsa, qo'yilgan vazifalarni odam o'zi hal qilsa, odamning ongida yangi hukmlar va tushunchalar paydo bo'lsa, bunday hollarda ijodiy tafakkur paydo bo'ladi.
Inson faoliyatining hamma turlarida uning ehtiyojlari sababli savollar paydo bo'laveradi, faoliyat jarayonining o'zida bizda yangi savollar tug'iladi, yangi vazifalar qo'yiladi.Nutq orqali muomala qilganimizda, kitoblarni o'qiyotgan vaqtimizda, narsalarni ko'zdan kechirayotganimizda, texnikaga va mexanikaga doir xilma-xil mashinalar bilan tanishayotganimizda va shu kabi hollarda bizda turli savollar tug'iladi. Tafakkur jarayonining o'zi ham, bilish jarayonining o'zi ham muttasil har xil savollar tug'ilishiga sabab bo'ladi. Odam qanchalik ko'p bilaversa, uning oldida noma'lum narsalar shu qadar ko'p paydo bo'laveradi, unda shu qadar ko'p savollar tug'ilaveradi va uning o'zi shu qadar ko'p savol beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo'yishda katta rol o'ynaydi.Kundalik hayotda shunday ham bo'ladiki, savol berilishi bilan darrov uni g javobi ham topiladi. Masalan, “Bugun nima kun?” “Bugun shanba”, “Ikk i marta uch qancha bo'ladi?” “Ikki marta uch — olti”. Shunday qilib, bunday tafakkur jarayonida savolga javobni idrok qilinayotgan yaqin vaziyatning o'zi beradi yoki hammaga ma'lum ochiq-oydin haqiqatlar javob bo’lib xizmat qiladi. Kundalik hayotimizdagi nutqni bevosita tushunishning o'zi ham oddiy tafakkurga taalluqlidir Bu — tafakkurning oddiy, elementar jarayonlaridir. Bu ayrim hukmlar bizning idrokimizda ifodalanadi hamda tasavvurlar va tushunchalar tariqasida xotiramizda mustahkam o'rin oladi.Ijodiy tafakkur to'g'risida gapirganimizda biz murakkab aqliy jarayonni nazarda tutamiz. Bu jarayon bir qancha bosqichlar (yoki fazalar) va momentlardan iborat bo'ladi.Ijodiy tafakkur murakkab jarayon bo'lib, bu murakkab jarayonda qo’yilgan savol ketidan (shu savolning murakkabligiga qarab) -dastlab vazifa irodalangach, so'ngra esa vazifani, masalani yechish jarayoni, ya'ni qo'yilgan savollarga javob qidirish jarayoni boshlanadi.Vazifa, masala — yechilishi, hal qilinishi talab etilgan savoldir. Ifodalangan vazifa maqsadni ham o'z ichiga oladi. Bu maqsad noma'lumni topishga va shu tariqa hayronlik, taajjublanish va gumon hislaridan qutulishga intilishdan iboratdir. Tafakkurning murakkab jarayonlaridagi maqsadni ilodalashning o'zi, ko'pincha, murakkab faotiyat bo'ladi. Bunda nimalar ma’lum va noma'lumligini hisobga olishga, masala qanday vaziyatda yechiliyotganligini hisobga olishga, yechilayotgan masalaning ahamiyatini tushunib olishga to'g'ri keladi. Tafakkur jarayonining shundan keyingi bosqichi — javobni izlashdan. masalani hal etishga olib keladigan yo'llarni, vositalarni, qoidalarni, usullarni qidirish va tatbiq qilishdan iborat bo'ladi. Qo'yilgan savollarga beriladigan javoblarni ba'zan idrok qilinayotgan tevarak-atrofdagi vaziyatdan qidirishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda tafakkur jarayonlaridagi odamning kuzatuvchilik qobiliyati katta ahamiyatga ega bo’ladi.Ba'zan lozim bo'lgan javob “xotira zapaslari” orasidan — tajriba va bilimlarimizdan topiladi. Imtihon berayotgan o'quvchining fikri, ko'pincha, Shu tariqa ishlaydi. Ko'pincha tafakkur jarayonlarida kerakli javoblar hayol yordami bilan topiladi. Masalan, har hil tahminlar, ilmiy gipotezalar shu tariqa vujudga keladi, ko’pgina kashfiyotlar, texnika sohasida har xil ixtirolar qilinadi. Ko'pincha, tarakkur jarayonlaridagi kerakli javoblarni muhokama qi- lish va o’ylab ko'rish, faraz qilish tafakkurning mantiqiy usullarini qo'llanish yo’li bilan topiladi. Masalan, matematika masalalari ana shu yo'l bilan yechiladi. Masala va vazifalarni yechish, qo'yilgan savolga javob qidirish jarayonida biz ba'zan yanglishamiz, shu masalani yechishga olib boradigan to'g'ri yo'ldan adashamiz. Olingan javobning ozi yoki masalani hal etish usulining o'zi bizda shubha tug`diradigan paytlar ham bo'ladi. Bunday hollar tafakkur jarayonida yana bir payt — shu jarayonning natijahirini tanqidiy tekshirib chi(jish payti keladi. Ba'zan bu tanqidiy tekshirish masalani, vazifani hal etish jarayoni bilan ayni bir vaqtda, babbaravar bo'laveradi. Fikr qilish jarayonining mana shu nazorat qiluvchi paytida mantiqiy jarayonlar xulosa chiparish, isbotlash, rad etish jarayonlari, ayniqsa, katta o’rin tutadi. Harakatning oxirgi va asosiy inezoni odamnin tajdbasidir.Tarixga kirgan va ulug' kishilarning nomlari bilan bog'liq bo’1gan ilmiy kashfiyotlar, falsafily va ilmiy tushunchalar, turli nazariyalarning ko-pelilligi ayni vaqtda ko'pjihatdan jamoa tafakkurining, ba'zan bir necha bo'g'indagi odamlar tafakkurining mahsulidir.Tafakkur jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining og'zaki va yozma nutqini idrok qilish va uqib olish jarayonida sodir bo'ladi. Nutqni tinglayotganimizda yoki biror yozma matinni o'qiyotganimizda odatda, biz o'zimiz eshitayotgan yoki o'qiyotgan so'z birikmalarini to'g'ri idrok qilishga «piyqab olisliga» intilamiz.Texnika buyumlari, mashinalar, ishlab chigarish korxonalari bilan, avtomat va elektron apparatlar bilan, asbob va shu kabilar bilan tanishish jarayonida ham bizda tushunish sodir bo'ladi.Bunday holda tushunish muayyan bir texnikaviy obyektda gavdalangan fikrlar sistemasini idrok qilishda («piyqab olishda»), obyektning, masalan, umuman hisoblash mashinasining va undagi ayrim detallarning ma'nosi va vazifasi nimaligini tushuna olishda namoyon bo'ladi.Jumladan, o’ziniiz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narslarni o'zimizdagi mavjud tushunchalar qatoriga o’tkazishning o'zi ham tushunishimizning ifodasidir.Texnikani tushunmoq uchun qandaydir texnikaviy talabga ega bo’lish, loaqal oddiy asboblardan foydalana bilish va loaqal oddiy mashinalar bilan tanish bo'lish kerak.Tushunish ijodiy tafakkurdan farq qiladi, gavdalantiruvchi xayol bo'lganikabi, tushunishni ham gavdalantiruivchi tafakkur deb ta'riflash mumkin.
Tushunish asosan, tayyor bilmlarni va ko`nikmalarni o'zlashtirishda
sodir to’ladigan tafakkurdir.
Maktabda o’qitish jarayonida tushunish katta rol o`ynaydi. O’quvchilarning bilimlarni uqib olishdagi muvaffaqiyatlari ularning shu bilimlarini qay darajada tushunishlariga bog'liq bo'ladi.Ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkur jarayonlariBoshqa aqliy jarayonlar singari, tafakkur jarayoni ham, ixtiyoriy va ixtiyorsiz sodir bo’lishi mumkin.Boshqa aqliy faoliyat turlariga (idrok, esda qolish, esda yuritish, xayolga) nisbattan tafakkur ko’proq ixtiyoriy jarayondir. Fiklash faoliyatida ko’pincha maxsus savollar qo’yiladi, masalalar ifodalab beriladi. Javoblarni qidirish, yangi masalalarni yechish vaqtida ko’pincha biz ma’lum darajada kuch sarflaymiz, irodamizni ishga solamiz, bunda ba’zan katta qiyinchiliklarni, yengishga to’g’ri keladi.Ixtiyoriy tafakkur muhokama qilish tarzida o'tadi. Matematikadan liar qanday'masalani yechish jarayoni ixtiyoriy tafakkurga misol bola oladi. Nazorat qiluvchi tancticliy tafakkur ham, asosan, ixtiyoriy tafakkur jarayonidir.Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz tarzda ham bo'ladi. Bunda ixtiyorsiz jarayonlar ko'pincha ixtiyoriy tafakkur bilan chambarchas chirmashib ketadi. Ba'zan faoliyatning turli sohalariga: maishiy, amaliy, ilmiy-bilish faoliyatlariga doir savollar beixtiyor tug'ilib qoladi. Qo'yi1gan savollarning javoblari ham, xuddi shuningdek, ba'zan beixtiyor qidiriladi va topishadi. Bunday hollarda fikrlash jarayonlar sezilmasdan o'taveradi, savollarning javoblari esa fahmga kelganday bo'ladi. Ba'zan shunday ham bo'ladiki, biz qattiq fikr qilib turgan vaqtimizda butunlay boshqacha fikrlash bizda beixtiyor (biror nimaning ta'siri bilan) paydo bo'ladi, shu fikrlar ongimizga o’rnashib olib, bizning e'tiborimizni asosiy ishdan, shu onning o'zida ongli ravishda qo'yilgan vazifadan chetga tortadi. Ko'pincha biz biror-bir vazifani ixtiyoriy ravishda o'z oldimizga qo'yib, hal etayotganimizda, shu onning o'zida bizning oldimizda turmagan boshqa masalalarni ham yo'lakay hal qilib qo'yamiz. Shunday hollar ham bo'ladiki, ixtiyoriy ravishda zo'r berib, fikr qilingan vaqtda hal etilmay ctolgan masalalar biroz vaqt o'tgach, biz kutmagan holda, o'z-o'zidan hal qilinib qoladi.Yirik mutafakkirlar beixtiyor fikr qilib turgan paytlarida ilmiy kashfiyotlar qilganliklari singari hollar ham oz emas. Chunonchi, shu narsa ma'lumki, qadimiy grek mutaftikkiri Arximed solishtirma og'irlik qonunini shu masala ustida zo'r berib fikr qilgan vaqtida kashf qilolmasdan, balki o'zi sira kutmagan bir paytda, vannada cho'milib turgan vaqtida beixtiyor kashf ctilgan.
Mendeleyevning aytishiga qaraganda, u elementlarning davriy sistemasi jadvalini tuzmoqchi bo'lib, uch keeha-kunduz tinmay ishlagan. Ammo shunda ham bu vazifani hal qila olmagan. Shundan keyin juda charchab o’rniga yotgan-u, shu onda uxlab qolgan. «Men tushimda, — deydi Mendeleyev, — shu elementlar batartib joylashtirib qo'yilgan jadvalni ko'rdim». Mendeleyev darhol o’rnidan turib, shu jadvalni bir parcha qog'ozgq yozib qo'ygan.
Masalaning buncha beixtiyor ravishda, kutilmagan holda hal etilishi ilgari zo'r berib qilingan, lekin bitmay qolgan tafakkur jarayonining tugallanishi bo'lsa kerak.
O'zlari masalani mana shunday beixtiyor hal etgan va shu jarayonni kuzatgan kishilar bu jarayonni mana shu tariqa izohlab berganlikni ko'ramiz. Masalan, professor Bexterevning aytishiga qaraganda, u tushida yoki ertalab uyg’onishi bilanoq, masalani to'satdan yechishga muvaffaq bo'lar ekan. Bunday hollarda o'rganilayotgan masala ustida uxlashdap oldin ham qattiq o'ylash va diqqat-e'tibomi shu masalaga to`plash katta rol o’ynasa kerak.
Beixtiyor tafakkur jarayonlarida muvaqqat bog'lanishiaming vujudga kel hida oriyentirovka renekslari katta rot o'ynaydi, oriyentirovka refIck ,iri mana shu bog'lanishlarni faollashtiradi va shu bog'lanislilarning Y04 alishiga ta'sir qiladi.
Taajublanish va hayratda qolish hislari, qiziqish hissi, ishonch, ishonchsizlik hissi, shubhalanish hissi va ayniqsa, yangilikni sezish hissi ixtiyorsiz afakkur jarayonlarini faollashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Bu kislar fikr1ash jarayonlarining tug'ilishiga sabab bo'ladi yoki shu hislarning o'zi tafakkur jarayonlari sababli tug'iladi va o'z navbatida shu jarayonlarning borishiga ta'sir qiladi.
Tafakkur obyekti bevosita idrok qilinadigan tafakkur predmetli-yaqqol tafakkur deb ataladi.
Predmetli-yaqqol tafakkur faqat muhokamalaridagina emas, shu bilan birga bevosita harakatlarda hamnamoyon bo'ladi. Bunday tafakkur predmeti harakatli tafakkurdir.
Tafakkurning bu turini, masalan, kubiklarni u yoki bra tartibda terayotgan yoki joylashtirayotgan bolalarda ko'rish mumkin.
Katta yoshdagi kishilar ro'zg'orga taalluqli turli buyumllar bilan va xilma-xil mehnat qurollari bilan ish olib boravotganlarida ularning kundalik amaliy faoliyatida ham mana shunday tafakkur ishga solinadi. Tafakkur qilinayotgan narsani idrok qilmasdan, balki faqat tasavvur qilgan vaqtimizdagi tafakkur obrazli-yaqqol tafakkur deb ataladi. Bunday tafakkur xotira tasavvuriga yoki xayol tasavvuriga tayanadi.
Kecha bo'lib o'tgan voqealar to'g'risidagi muhokamakir, Marsda hayot bormikin, deb clilayotgan binning muhokamalarimiz yaqqoI-obrazli tafakkur namunalari deb hisoblanishi mumkin. Dars vaqtida o'qituvclli biror gulning tuzilishini o’quvchilarga tushuntirayotgan bo'lsa-yu, lekin bu gul o'quvchilarga o'z tajribalaridan ma'lum va shu sababli o'qlivchilar shu gul ko'rsatilmasa ham, uni tasavvur qilishlari mumkin deb hisoblab, o'z darsini davom ettirayotganida o'qituvchi va o'quvchilardagi tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur bo'ladi.
Har bir kishi itilirakkab narsalarni (masalan, mashina':irni, tabiat hodisalarini) bevosita idrok va tasavvur clilgan hamma hollaida shu kishi aniq tafakkur qiladi.
Abstrakt tafakkur umumiy va abstrakt tushunchalariga asoslanadi. Bu
tushunchalardan tarkib topgan tafakkurdir, umumiylashtirilgan tafakkurdir, bu tafakkur, asosan, ikkinchi signal sistema uning nutq, signal sistemasining faoliyati tufayli vujudga keladi.
Bizning algebra masalalarini yechish vaqtidagi mulit i,arrlalarimiz abstrakt tafakkurga misol bola oladi.
Ma'luniki, algebrada biz umuman miciclorlarni va ularning turli nisbatlarini ishlatamiz, masalan: a+b= c. Bunda a va b harflari qarldaydir bir miqdorni ifodalaydi, ularni qo'shgan vaqtda yangi miqdor — c hosil bo'ladi. Shu migdorlarni juda xilma-xil aniq narsalarga, masalan, falon miqdor pulga, falon kilogramm nonga va falon kilometr masofaga va bosllqa shu kabilarga tatbiq gilishimiz mumkin. Lekin biz bunda (algebra misolida) mana shu narsalarning aynin aniq iTiiqdori to'g'risida fikr yuritmasdan, balki mana shu narsalar Wrtasida bo'lgan umumiy niiqdor munosabatlari to'g'risida fikr yuritamiz. Bundy_ biz yakka, obrazlar yor(lanii bilan emas, balki umumiylashgan tushunchalar yordami bilan fikr qilamiz.
Abstrakt tafakkur aniq tafakkurdan o'zining g'oyat kengligi bilangina farq qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, voqelikni juda chuqur bilishga imkon berishi bilan ham farq qiladi. Bundq biz bir hukmining o'ziqa hamma narsalarga va hodisalarga aloqador bog'lanishlar va qonunlar to'g'risida fikr yuritishimiz mumkin. Ayrim abstrakt muhokanIalarda biz idrok ham qilib bo'lmaydigan, tasavvur ham qilib bo’lmaydigan narsalar to’g’risida fikr yuritishimiz mumkin. Biz tabiat to'g'risida, umuman qonun to’g’risida, miqdor to'g'risida, sifat to'g'risida, tenglik to'g'risida, borliq to’g’risida abstrakt fikr yuritishimiz mumkin (va fikr yuritamiz). Biz cheksizlik to'g'risida ham fikr yuritishimiz mumkin.
Abstrakt tafakkur haqiqatga erishishga va voqelikni yana ham chuqurroq hamda to'laroq bilisliga olib boradigan yo'llardir.
Ammo biz abstrakt tafakkurning xususiyatlari to'g'risida gapirganimizda shuni nazarda tutishimiz lozimki, bu tafakkur va aniq tafakkur odamnning yaxlit tafakkurini tashkil qiladi, bu ikkala tafakkur bir-biriga chambarchas bog'langandir.
Bu bog'lanish avvalo shundaki, abstrakt tafakkur tarixan aniq tafakkur
Asosida taraqiy qilgan. Xuddi shuningdek, har bir kishining individual hayotida ham abstrakt tafakkur aniq tafakkur asosida taraqqiy qilgan. Bolaning eng dastlabki tafakkuri aniq tafakkurdir. Bolaning aniq tafakkuri jarayonida tushunchalar hosil bo’la boshlaganida va shu tushunchalar o’zlashtirila boshlagandagina shu paytdan boshlab, bolada abstrakt tafakkur paydo bo'ladi.
Ikkinchidan, abstrakt tafakkur bilan aniq tafakkurning birligi shundaki, qanday aniq fikr abstrakt fikrga muayyan bir darajada kiradi va har bir abstakt tafakkur jarayoni aniq tafakkurga tayanadi. Hatto eng oddiy yakka muhokamalarda ham abstraktlik momenti bor. Masalan, «Bu – to’rt burchak stol» va «Bu — to'rtburchak quti» degan aniq muhokamalarda «to’rtburchak» degan so'zning o'zi abstrakt tushunchadir.
Shu misollarda biz idrok qilayotgan narsalar — stol va quti — bizda mavjud bo'lgan «to’rtburchak» degan tushunchaga tatbiq qilinadi, xolos.Bunda abstrakt, umumiylashtirilgan tushuncha aniq (idrok qilinayotgan tasavvur qilinayotgan) tushunchani o'z ichiga oladi.
Shuningdek, abstrakt tafakkur ham aniq tafakkur bilan chambarchas bog’langan holda sodir bo'ladi.
Har qanday abstrakt fikr juda ko'p aniq fikrni albatta o'z ichiga oladiva shu aniq fikrga tayanadi. Masalan, shunday bir abstrakt qoidani olib ko’raylik: «Yakka-yakka holida uchinchi miqdorga teng bo'lgan ikki miqdor-biriga tengdir». Muhokama aniq mazmun olishi mumkin bo'lgan taqdirdagina bu fikr chinakam fikr bo'ladi. Aks holda bu qoida quruq «yodlab oungan qoida» bo'lib qoladi, xolos. Bu qoidani aytgan kishi haqiqatdan ham chin bir fikrni ifodalayotganligini isbotlamoq uchun, shu imiy va abstrakt qoida tarkibiga kiradigan yakka va aniq hollardan bir qancha misollar topib bera olishi lozim.
Biz aniq tafakkurni abstrakt tafakkurdan ayirib gapiramiz ham, lekin aslida biz odamning tafakkurida yo aniq, yoki abstrakt elementlarning ustunlik qilishini nazarda tutamiz.
Tafakkurning yo`nalishiga qarab nazariy va amaliy tafakkur turlari ajratiladi.
Hodisalarni izohlashga claratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Biror narsani izolilab berish noma'lum narsani ma'lum qilish demakdir. Buning uchun esa noma’lum narsani ma'lum narsa bilan bog'lash lozim. Demak, turli va ayrim tushunchalar o’rtasidagi bog'lariishlarni va munosabatlarni ochib berish hamda shu bog'lariishlarni muhokamalarda izohlab berish kerak bo'ladi.
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu masala psixologiyada xozir ham munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jixatlarni ajratib mustakil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib xolmaydi, balki xodisa moxiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy konuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubxasiz, inson tafakkuri xali izlanmagan, tula foydalanilmagan zaxira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zaxirani tula ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi. K.R.Megrelidzening ta’kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy xodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluklidir. Tafakkurning ijtimoiy xayotning boshqa ko‘rinishlarisiz o‘rganish mumkin emas.Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyada ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, uylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yullaydigan ijtimoiy sharoitdadir.Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo‘ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo‘yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo‘lida harakatlanadi. Fikr xech qachon o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo‘lishi mumkin. Predmesiz fikrning bo‘lishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |