Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar


 Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarining asosiy qoidalari



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida

5. Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarining asosiy qoidalari
5.1. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablarida bayon
etiladi.
“Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011)ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimida bakalavriat 6-malaka darajasiga, magistratura 7-malaka darajasiga mansubdir.
Bakalavrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil samarali mehnat faoliyatini
yuritishini ta’minlashi hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom
ettirish imkonini berishi lozim.
Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari mutaxassislik bo‘yicha
magistr akademik darajali shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ilmiy-tadqiqot,
ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati bilan samarali shug‘ullanishini ta’minlashi,
tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limda (tayanch doktorantura, mustaqil
izlanuvchi) tahsil olish imkonini berishi lozim.
5.2. Bakalavr va magistrlarni tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka
talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturi asosida kunduzgi, kechki (smenali), sirtqi (maxsus sirtqi) va
zarur hollarda masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi
asosida amalga oshiriladi. Ayrim (zarur) hollarda ta’lim jarayoni reyting (baholash) tizimi asosida
amalga oshirilishi mumkin.
O‘quv dasturlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat
attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bakalavriat ta’lim oluvchilariga “bakalavr” akademik darajasi,
magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan
muvaffaqiyatli o‘tgan magistratura ta’lim oluvchilariga “magistr” akademik darajasi hamda oliy
ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar beriladi.


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim
dasturlar (“Double degree”) asosida ham amalga oshiriladi. Bunda ta’lim jarayoni davlat ta’lim
standartlariga tayangan holda mahalliy yoki mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida
tuzilgan kelishuv (shartnoma)da belgilangan talablar asosida tuziladigan hamda belgilangan
tartibda tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5.3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining ta’limni
davom ettirish imkoniyatlari:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchilari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni
davom ettirish huquqiga ega. Muayyan bakalavriat yo‘nalishlari uchun o‘qishni davom ettirish
bo‘yicha magistratura mutaxassisliklarining ro‘yxatini oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli
davlat organi belgilaydi;
magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchilari tayanch doktorantura, doktorantura yoki
mustaqil izlanuvchilik institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirishi
mumkin.

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin