Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG‘I
“OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI. ASOSIY QOIDALAR” O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-oktabrda hisobga olindi, hisob
raqami 43]
(O'z DSt 3556:2021)
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika
tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qaroriga 
muvofiq
buyuraman:
1. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat
standarti 
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-oktabr,
35-2021-son
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 19-
oktabrdagi 35-2021-son 
buyrug‘iga
ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTI
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar
O’z DSt 3556:2021
Kirish
Mazkur davlat standarti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni 
va boshqa
qonunchilik hujjatlari, shuningdek YUNESKO (UNESCO) tomonidan joriy qilingan “Ta’limning
xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011) va “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari”ga (TXSK-
S 2013) muvofiq ishlab chiqilgan.
1. Umumiy qoidalar
1. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” (bundan buyon matnda Davlat ta’lim
standartlari deb yuritiladi):
kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’limning mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni;
ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
o‘quv yuklamasining hajmini;
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda
mexanizmini belgilaydi.
2. Davlat ta’lim standartlari o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va
o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv
dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
3. Davlat ta’lim standartlari oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunuv va
mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida
kadrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiydir.


Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv
dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin