Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar


 O‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida

9. O‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi
9.1. O‘quv rejalarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi.
9.1.1. O‘quv rejalarning asosiy maqsadi va vazifasi:
o‘quv rejasining asosiy maqsadi — davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida bakalavr va
magistrlarning malakalariga qo‘yilgan talablarga muvofiq yetuk va raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash uchun muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga oid
o‘quv fanlar, ularning hajmi, mashg‘ulotlar turlari, o‘quv jarayonining mazmuni, tarkibi, muddatlari
va o‘qitishning mantiqiy ketma-ketligini belgilash hamda tartibga solish;
o‘quv rejasining asosiy vazifasi — muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura
mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim jarayoni davomida o‘quv fanlarini semestrlar va o‘quv yillar tarkibida
ta’lim oluvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishini ta’minlovchi mantiqiy ketma-ketlikda maqbul
holatga keltirish, o‘quv faoliyati davri, turlari, soatlar hajmi, kreditlar hamda yakuniy nazorat
muddatlarini belgilash.
9.1.2. O‘quv rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
o‘quv rejalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining har biri
bo‘yicha mazkur davlat standarti, “
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari klassifikatori
”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining
malaka talablariga muvofiq ishlab chiqiladi;
o‘quv rejalar ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga oid majburiy va tanlov fanlari
belgilangan holda, ularning mazmun va mohiyatidan kelib chiqib, auditoriya (ma’ruza, amaliy,
seminar, laboratoriya va boshqa mashg‘ulotlar) va mustaqil mashg‘ulotlar, o‘quv va ishlab chiqarish
(klinik, ijodiy va boshqa) amaliyotlari, kurs loyihasi, kurs ishi, ijodiy va boshqa o‘quv vazifalari shaklida
mantiqiy ketma-ketlikda, fanlarga ajratilgan kreditlarga amal qilgan tartibda shakllantiriladi;
o‘quv rejalarga davomiyligi kamida 15 o‘quv haftasiga teng semestrlar, har bir semestrdan
so‘ng 2 — 4 haftalik attestatsiya sessiyalari, tegishli dovomiylikdagi malaka amaliyotlari, ta’tillar va
boshqa akademik jarayonlar kiritiladi;
o‘quv rejalar:
reyting (baholash) tizimi uchun jadval shaklida A-4 formatli standart varaqlarining “kitob
ko‘rinishida ikki tarafiga “Timcs New Romaii'' shriftining maqbul o‘lchamida bostirib chiqariladi;
kredit-modul tizimi uchun jadval shaklida A-4 formatli standart varaqlarining “albom
ko‘rinishida bir tarafiga “Times New Roman” shriftining maqbul o‘lchamida bostirib chiqariladi va
birlashtirib tikiladi;
zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan
tartibda o‘quv rejalar boshqa shaklda ishlab chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi;
o‘quv rejalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi;
tasdiqlangan o‘quv rejalar belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ularning
birinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni
rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida, ikkinchi nusxasi tegishli
oliy ta’lim muassasasida saqlanadi;
zarur hollarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan uquv rejalarga qushimcha ravishda
fakultativ, maxsus kurs va boshqa turdagi mashg‘ulotlar kiritilishi mumkin;


ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejalar ishlab chiqarishdan
ajralgan holda (kunduzgi) ta’lim shaklining tayanch o‘quv rejalari hisoblanadi. Bular asosida ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda (kechki (smenali), sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy) ta’lim shakllari
uchun belgilangan tartibda ishchi o‘quv rejalar ishlab chiqiladi va tegishli oliy ta’lim muassasalari
tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ixtiyoriy tarzda ishchi o‘quv rejalar quyidagi hollarda ham
ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi mumkin:
muayyan ta’lim yo‘nalishlar tegishli turlari bo‘yicha ajratilishi nazarda tutilganida (masalan,
sport turlari);
o‘quv rejalarda tanlov fanlarini dolzarbligiga qarab belgilash ehtiyoji mavjudligida.
Ishchi o‘quv rejalar belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ularning birinchi
nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni
rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida, ikkinchi nusxasi tegishli
oliy ta’lim muassasasida saqlanadi.
9.2. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi.
9.2.1. O‘quv dasturlarining asosiy maqsadi va vazifasi:
O‘quv dasturining asosiy maqsadi — davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida bakalavr
va magistrning bilimi, uquvi, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yilgan talablarga muvofiq o‘quv
rejaga kiritilgan muayyan fan tomonidan raqobatbardosh mutaxassislarni sifatli tayyorlash uchun
shakllantirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar majmuini belgilash, fan mazmuni
va tarkibiy qismlarini tartibga solishdir;
O‘quv dasturining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
o‘quv faniga oid ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini, ilg‘or xorijiy
tajribalarni hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlar mavzularini shakllantirish, ta’lim shakli va
o‘quv fanga ajratilgan vaqtga muvofiq o‘quv materiallarni mavzular va o‘quv mashg‘ulotlar turlari
bo‘yicha taqsimlash, maqbul holatga keltirish va optimallashtirish, ularning mantiqiy ketma-
ketligini hamda boshqa fanlar bilan integratsiyasini ta’minlash;
uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizligini, shuningdek,
fanning mazmun va mavzulari boshqa ta’lim turlaridagi hamda turdosh yo‘nalishlardagi fanlarning
mazmun va mavzulari bilan takrorlanmasligini ta’minlash;
fanni o‘zlashtirish, ta’lim oluvchilarda fanga oid kompetensiyalarni, kasbiy bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zarur o‘quv-uslubiy shartlar, o‘quv adabiyotlar, didaktik
materiallarni hamda baholash vositalari va usullari yordamida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat
qilish shakllarini belgilash.
9.2.2. O‘quv dasturda o‘quv materiallar ma’ruza, seminar, kollokvium, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) amaliyotlari shaklida mantiqiy
ketma-ketlikda belgilanadi, shuningdek, o‘quv fanining maqsadi va vazifasiga muvofiq kurs
loyihasi, kurs ishi, mustaqil ish, chizma-hisob, ijodiy, laboratoriya va boshqa ishlar ajratilgan vaqt
me’yorlariga muvofiq o‘quv dasturga kiritiladi.
9.2.3. O‘quv dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
muqovada oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi nomi, oliy ta’lim
muassasasi nomi, “
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
klassifikatori
”ga muvofiq tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)larining kodi
va nomlari, harakatdagi o‘quv rejasiga muvofiq fanning to‘liq nomi, tasdiqlangan sanalari va
belgilari ko‘rsatiladi;
o‘quv dasturining birinchi betida uning asosiy parametrlari (fan kodi, qaysi o‘quv yilidan joriy
etilganligi, semestr, fanga ajratilgan kreditlar (soatlar), fan turi (majburiy, tanlov), ta’lim tili, haftadagi
dars soatlari, fanning nomi, auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlar hajmi, jami yuklama jadval
shaklida belgilanadi;
“Faning mazmuni” o‘quv fanining maqsadi va uning asosiy vazifalari tegishli yo‘nalish bo‘yicha
mutaxassis tayyorlash vazifalariga bog‘langan holda bayon etiladi;


“Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)” o‘quv fanining mavzulari mantiqiy ketma-
ketlikda keltiriladi, har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va qisqa ifodalar orqali ta’lim
oluvchilarga davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalar qamrab olingan holda ifodalab beriladi. Asosiy nazariy qism modullar shaklida berilishi
mumkin;
“Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar” o‘quv fanining mohiyati va nazariy
mavzulariga mos ravishda amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarining mavzulari, ushbu
mashg‘ulotlarni o‘tkazish shakllari, unda qo‘llanishi tavsiya etiladigan texnologiyalar, usullar,
vositalar zarur hollarda muhokama etiladigan mavzular, masalalar, laboratoriya ishlarining
mazmuni, maqsadi hamda fan mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar yoritiladi.
Shuningdek, kurs loyihasi va kurs ishlari, ijodiy ishlar mohiyati, mazmuni, maqsadi, mavzulari ularni
bajarish shakllari hamda fan mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar yoritiladi. Shu bilan
birga ushbu qismda o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining maqsadi, vazifasi, shakli, mazmuni,
amaliyot jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan yakuniy ishlar shakli
yuzasidan qisqa uslubiy ko‘rsatmalar beriladi;
“Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar” qismida mustaqil ta’limning shakli va mazmuni,
mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar, mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida ta’lim
oluvchilar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan ishlar referat, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli
ma’ruza va boshqalar keltiriladi;
“Fanni o‘qitish natijalari va shakllanadigan kasbiy kompetensiyalar” qismda ta’lim yo‘nalishi
(mutaxassislik)ga muvofiq muayyan fan bo‘yicha ta’lim oluvchi egallashi lozim bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va kompetensiyalar bayon qilinadi;
“Talabalar kreditlarni olish tartibi” kredit-modul tizimida fan bo‘yicha talabalar bilimini nazorat
qilish (baholash) va kreditlarni olishga oid talablar o‘rnatilgan tartibda belgilanadi;
Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim
muassasalari uchun — “Talabalar reytingini belgilash tartibi” reyting tizimida fan bo‘yicha talabalar
bilimini nazorat qilish (baholash) tartibi belgilanadi;
“Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari” o‘quv faniga oid asosiy
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va qo‘shimcha adabiyotlar, Internet jahon axborot tarmog‘i resurslari,
dissertatsiya, monografiya hamda boshqa tavsiya etilgan o‘quv, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar
manbalari keltiriladi;
o‘quv dasturning oxirgi betida uni ishlab chiqqan oliy ta’lim muassasasi nomi, tuzuvchilar
ismi, familiyasi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, taqrizchilar ismi, familiyasi, ish joyi, lavozimi, ilmiy
daraja va unvonlari, o‘quv dastur ko‘rib chiqilgan oliy ta’lim muassasasi kengashi bayonining raqami
keltiriladi.
9.2.4. O‘quv dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
o‘quv dasturlar o‘quv rejalarda belgilangan har bir o‘quv fani bo‘yicha mazkur davlat standarti,

Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
”,
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari hamda o‘quv
rejalariga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
o‘quv rejalarga kiritilishi tavsiya etilgan “Falsafa” (tarkibiga “Dinshunoslik” hamda
“Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzular majmuasi (modullari) kiritilgan holda) va “O‘zbekistonning
eng yangi tarixi” fanlarining o‘quv dasturlari gumanitar fanlar bo‘yicha tegishli tayanch oliy ta’lim
muassasasi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari
undan foydalanishi lozim;
o‘quv dasturlar ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar maqsadi, vazifasi, mazmuni va
mohiyatidan kelib chiqib, fan mavzulari va mazmunini belgilangan tartibda mantiqiy ketma-
ketlikda, o‘quv faniga ajratilgan vaqt me’yoriga amal qilgan holda shakllantiriladi. O‘quv dasturlar
mazkur davlat standartida belgilangan talablarga javob bergan holda Sillabus shaklida ham ishlab
chiqilishi mumkin;
o‘quv dasturning matni A-4 formatli standart varaqlarda, “Times New Roman” shriftining 14-
o‘lchamida, 1,15 intervalda, chap va o‘ng tomonidan — 20, pastidan — 25, yuqoridan — 20 mm


o‘lchamida hoshiyalangan, betlarini raqamlanishi varaqning pastki qismining markazida
joylashtirilgan holatda bostirib chiqariladi;
o‘quv dasturlari tasdiqlanganidan so‘ng A-5 formatida broppora shaklida chiqariladi;
oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlari oliy ta’limning davlat ta’lim
standartlari, malaka talablari va o‘quv rejalarga muvofiqligi hamda sifati nuqtai nazaridan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish
tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan tanlab monitoring va tahlil
qilinadi. Monitoring va tahlil natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
huzuridagi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga olib chiqiladi va ularga baho beriladi;
tasdiqlangan o‘quv dasturlar belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ularning
birinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni
rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida, ikkinchi nusxasi tegishli
oliy ta’lim muassasasida saqlanadi;
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlar (sillabuslar) ishlab chiqarishdan ajralgan
holda (kunduzgi) ta’lim shaklining tayanch o‘quv dasturlari hisoblanadi. Bular asosida ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda (kechki (smenali), sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy) ta’lim shakllari
uchun belgilangan tartibda ishchi o‘quv dasturlar ishlab chiqiladi va tegishli oliy ta’lim muassasalari
tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin