Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
kadrlar tayyorlash
sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:
ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni
boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan tegishli ravishda belgilangan
reyting (baholash) tizimi hamda kredit-modul tizimi mezonlarga muvofiq o‘rnatilgan
tartibda
o‘tkaziladi;
bitiruvchilarning yakuniy nazorati oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv
rejalariga muvofiq bakalavriatda o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi va (yoki) bitiruv
malakaviy ishi himoyasi, shuningdek magistraturada magistrlik
dissertatsiyasining himoyasi
shaklida amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv
organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan
belgilangan tartibda amalga
oshiriladi;
tashqi nazorat belgilangan tartibda oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat
boshqaruvi organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim
sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
7.3. Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
muassasalarining faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni
va
boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: