35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida
2. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar O’z DSt 1.0:1998 O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar;
O’z DSt 1.8:2009 O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tavsiyanomalar.
Asosiy qoidalar;
O’z DSt 1.9:1995 O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq
standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.
3. Atamalar va ta’riflar Mazkur davlat standartida quyidagi atamalar qo‘llaniladi:
oliy ta’lim — uzluksiz ta’limning oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan, yuqori
malakali mutaxassislar tayyorlovchi ikki bosqichdan iborat (bakalavriat va magistratura) mustaqil
turi;
bakalavriat — oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va
ko‘nikmalar beradigan, davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir;
magistratura — tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha davomiyligi
kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir;
oliy ma’lumot darajasi — shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlarini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda o‘zlashtirishi natijasi;
oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) — akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning
keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash
huquqini beradi;
oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori — oliy ma’lumotli kadrlar
tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining
tizimlashtirilgan ro‘yxati;
malaka talablari — oliy ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar;