Ta’lim oluvchilar kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallashi uchun o‘quv rejalar va muayyan
fanlarning o‘quv dasturlarida o‘quv (tanishuv), ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa)
va bitiruv
oldi malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart.
Amaliyotlar bakalavriat ta’lim jarayonining majburiy qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy
tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malaka amaliyotlari o‘tkaziladi:
o‘quv (tanishuv) amaliyoti — iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, muassasa va korxonalar
bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga
qaratiladi;
ishlab chiqarish amaliyoti — umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni
mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish,
tegishli amaliy
ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;
bitiruv oldi amaliyoti — ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida)
kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni
tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va tizimlashtirishga qaratiladi;
pedagogik amaliyot — kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va pedagogik mahoratini
oshirishga qaratiladi.
Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq malaka amaliyotlarining boshqa
turlari ham qo‘llanilishi mumkin.
Har bir amaliyot turi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq iqtisodiyot
tarmoqlari va real
sektorning tegishli ilg‘or korxona, tashkilot va muassasalari, xorijiy va qo‘shma korxonalar, ilmiy
tashkilotlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa muassasalarida, dala sharoitlarida, maxsus tajriba
(poligon) obyektlarida va boshqalarda o‘tkaziladi.
Amaliyotlarni tashkil qilish, o‘tkazish va talabalarni baholash mezonlarini belgilash oliy ta’lim
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: