Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning maqsadi, va’zifalari, ta’lim tarbiya jarayonidagi ahamiyati, mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi va ularning amaliy va ekologik yo’nalishi
Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning maqsadi, va’zifalari, ta’lim tarbiya jarayonidagi ahamiyati, mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi va ularning amaliy va ekologik yo’nalishi
Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslari takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi, o'quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmog’i, ko'cha va maktabni ko'kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha ijtimoiy-foyda mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishni va tegishli kitoblarni o'qish bilan birga olib borishi kerak.
Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo'lmaganda qiziqishga ega bo'lgan o'quvchilar bilan tabiatshunoslik bo'yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o'qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o'quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o'ynaydi.
Individual topshiriqlarni bajarish tadqiqiy ish ko'nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo'sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to'ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o'quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'quvchini nimaiki qiziqtirmasin — xona o'simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o'simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to'plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o'tkazishmi — u o'qituvchi tomonidan ma’qullanishi va quvvatlanishi lozim.
Guruh mashg‘ulotlari. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqar ishlarning guruh bo'lib o'tkaziladigan shakllaridan biri to'garak ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o'rganish imkoniyatini beradi. To'garakka a’zo bo'lish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o'z zimmasiga aniq reja bo'yichi ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Rejaga o'quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilish lozim. O'qituvchining asosiy vazifasi — amaliy natijalar beruvchi faol ishlarni ta’minlashdir. Ishda har xil: o'qituvchi va o'quvchilarning tabiiy yoki tasviriy ko'rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan og'zaki bayon qilishi, amaliy o'quv va ko'nikmalam shakllantirishga qaratilgan o'quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat va boshqa metodlar to'g'ri uyg'unlashtirilishi lozim.
Gerbariy yoki kolleksiyalar
tuzish kabi shunday
topshiriqlarning bajarishi
faqat o'qituvchi o'quvchilarni
oldindan o'simlik, hasharot va
boshqa tabiat obyektlarini
yig'ish, o'simliklarni kuzatish,
to'plangan materiallarni
montaj qilish va shu kabilarning qoidalariga o'rgatgandagina muvaffaqiyatli bo'ladi. Shu maqsadda tabiatga o'quv ekskursiyasi va mehnat ta’limi darslaridan foydalaniladi. Tabiiy material to'plash qoidalari haqida hikoya qila borib, o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilish zarurligini eslatish kerak.
To'garakni muvaffaqiyatli ishlashida mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorlanish katta ahamiyatga ega. Birinchi mashg'ulot oldidan uni o'tkazish vaqti to'g'risida eslatish, to'garak vazifalari bilar o'quvchilarni tanishtiruvchi, kirish suhbatining mazmunini barcha tafsilotlari bo'yicha o'ylab chiqish zarur. To'garakning ish rejasini tuza turib, mo'ljallangan mavzuni o'quvchilar bilan muhokama qilish va ularning taklif-istaklarini hisobga olish kerak. To'garakning birinchi mashg'ulotida uning faollari yoki kengashi saylanadi va nomi («Hamma narsani bilishni istayman», «Biz va tabiat», «Yosh tabiatshunoslar», «Tabiatni sevuvchilar va boshqalar) tasdiqlanadi. Eng yaxshi nom uchun tanlov e’lon qilinishi mumkin. Shuningdek to'garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur. Qoidalar quyidagicha: 1) ishda faol qatnashish; 2) barcha topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish; 3) har bir ishni nihoyasiga yetkazish; 4) kuzatishlar va bajarilgan ishlar kundaligini yuritish; 5) o'rtoqlariga yordam berish; 6) mashg'ulotlarga muntazam qatnashish.