35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida
6. O‘quv yuklamasining hajmi 6.1. Bakalavriat Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv
yuklamasining hajmi bir o‘quv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 30 kredit qilib belgilanadi. 1
kredit 30 akademik soat o‘quv yuklamasiga tengdir.
Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim
muassasalari uchun barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga
olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 akademik soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya
mashg‘ulotlarining hajmi haftasiga:
kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 — 32 akademik soat
oraligida;
reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 — 36 akademik
soat oraligida belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki) o‘qish shakli uchun bir haftada odatda besh
kun, auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 20 soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli uchun auditoriya
mashg‘ulotlarining hajmi ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shaklining kamida
30% etib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun o‘qishning me’yoriy
muddati quyidagicha taqsimlanadi:
O‘qish muddati * Haftalar soni Kreditlar miqdori Akademik soatlar miqdori 3 yil
152
180
5 400
4 yil
204
240
7 200
5 yil
256
300
9 000
6 yil
308
360
10 800
* Kunduzgi o‘qish shakli tayanch sifatida olinadi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki, sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli uchun
kreditlar miqdori kunduzgi o‘qish shakli kreditlariga mos qilib olinadi.
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi: