Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o`zgarishiga sabab bo`luvchi asosiy omildir.
XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko`plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo`ldi. Shu bog’liqlikni birinchi bo`lib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi.
J.Bodenga qadar tovar bahosining oshishi metall tangalarni yemirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda Angliyada J.Lokk va D.YUm; Fransiyada Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog’òz pullarga nisbatan qo`llashning mumkinligini asoslab berishdi.

XX asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko`rinishi paydo bo`ldi.
XX asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko`rinishi paydo bo`ldi.
Transaksion
Kembridj
1911-yilda Irving Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi nomli” asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv tenglamasi o`z ifodasini topdi.
Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki xil varianti keltiriladi:
Ko`zda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal daromadning bir qismini pulda saqlash.
Pulning qulay to`lov vositasi