Termiz– 2023 BOTANIKA FANIDAN O‘QUV-TANISHUV AMALIYOTI KIRISH Botanika fanidan ma’ruza va laboratoriya darslarda o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarimni mustahkamlash uchun 36 soat hajmidagi o‘quv tanishuv amaliyotini onlayn tarzida uy sharoitida o‘tadim.
Amaliyotning maqsadi:Biz talabalarga o‘simliklarning tuzilishi, hayotiy shakli, tarqalishi, har xil landshaftdagi o‘simliklar qoplami bilan tanishtirish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarini aniqlashni, gerbariy tayyorlashni, o‘simliklar qoplamini geobotanik nazardan, har xil sharoit, muhitga nisbatan aniqlashni o‘rgatishdan iboratdir.
Amaliyotning vazifalari: - biz talabalarga o‘simliklar dunyosining xilma-xiligini ko‘rsatish va ularni tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi, o‘simliklarni yashash sharoitiga moslashishlarini o‘rgatish;
- hovli tomorqasidan gerbariylar uchun o‘simlik namunalarini yig‘ish, ularga yorliqlar (etiketkalar) yozish hamda terilgan gerbariylarni maxsus iskanja (uy sharoitidagi qo‘lbola press)lar yordamida quritishni o‘rgatish;
- hovli tomorqasidan tergan o‘simliklarni morfologik belgilariga qarab aniqlagich yordamida oila, turkum va turlarni aniqlashni o‘rgatish;
- hovli tomorqasidagi har xil argofitotsenozlarni botanik tahlil qilishni o‘rgatish:
- biz talabalarni o‘simlik dunyosi boyligini qadrlashga, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish yo‘llarini o‘rgatishni asosiy vazifa qilib belgilagandir.
O‘QUV TANISHUV AMALIYOTINING BIRINCHI KUNI Amaliyotning birinchi kunida uning maqsadi, vazifalari, texnika xavfsizligi qoidalari, eslatmalar bilan onlayn tanishdim. Har xil o‘simlik turlarini aniqlash usulini o‘rgandim. O‘simliklar morfologiyasi bo‘limi bo‘yicha gerbariy yig‘ish va uni tayyorlash texnikasi usullarini o‘zlashtirdim. Tayyorlangan gerbariylarga asoslanib, morfologik belgilarni yozishni yoriqlashtirish va o‘simlikni aniqlashni uslubiy ko‘rsatma, yo‘riqnoma va internet videolavhalari yordamida o‘rgandim.