O‘QUV TANISHUV AMALIYOTINING BESHINCHI KUNI
Aniqlagich yordamida o‘simliklarni aniqlash usullarini o‘zlashtirdim. O‘quv gerbariylarining ya’ni internet saytlaridagi gerbariylar va uy sharoitida o‘zim tayyorlagan gerbariylarning ro‘yxatini tuzdim. Oila, turkum va turlarini aniqlashni o‘rgandim.
7-topshiriq.
O’simliklarning urug’i xilma xiligini o’rganish. Urug’lar kollektsiyasi uchun materiallar to’plash.
Urug — o'simliklarning ko'payish organi. U murtak,urug'palla (endosperma) va po'stdan iborat.
O'simlik o'stirish uchun yerga urugc ekiladi. Urug'dan yosh o'simlik qanday qilib va nima hisobiga chiqishini hamda rivojlanishini bilish uchun uning tashqi va ichki tuzilishini
bilish kerak.
Har bir o'simlikning urug'i o'ziga xos tuzilgan. O'simliklarurug'pallasiga qarab bir va ikki urug‘pallali o‘simliklarga bo'linadi.
8-topshiriq.
O’simliklarning mevasi xilma xiligini o’rgnish.
Gulli (yopiq urug'li) o'simliklarda urug'lanishdan keyinmeva hosil bo'ladi. Meva asosan urug'chi tugunchasidan hosilbo'ladi. Mevalar o'simliklaming turiga qarab, turli shaklda va kattalikda bo'ladi. Lekin ular qanchalik xilma-xil bo'lmasin,
ma’lum tasnif asosida o'rganiladi.Mevaning hosil bo‘lishida urug'chidan tashqari, gulningboshqa qismlari ham ishtirok etadi. Masalan, gulqocrgcon,gulo'mi va boshqalar.Mevalar asosan ikki xilbo'ladi:
Agar u tugunchaning o'zidan hosil bo'lsa, chinmeva (o'rik, olcha, shaftoli,
olxo'ri, gilos) mevaning shaMlanishida tugunchadan tashqari,gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bunday mevalarsoxta meva (olma, nok, behi) deyiladi .Meva, birinchidan, urugc pishib yetilguncha uni tashqia’sirdan himoyalab turadi.
Ikkinchidan, urug'ning tarqalishigayordam beradi.Meva asosan 3 qismdan: 1) ustki qism — po'st; 2) o'rtaqism — meva eti; 3) ichki qism — mag'izdan
tashkil topgan. Mevalarning oraliq qismi seret va qalin bo'lsa, bunday mevalar ho" I mevadeyiladi (o'rik, shaftoli, olcha). Agaroraliq qismi yupqa, etsiz, quruq boc Isa,
bunday mevalar quruq meva deyiladi. Masalan, no'xat, mosh, loviya, bodom, yong'oq, xandon pista Hosil mevalar orasida rezavor mevalar juda ko’p. Ularga
shirinligi bilan ajralib turadigan yuzlab uzum navlari,pomidor, qoraqat, ituzum kabilar kiradi.Qovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq vabodringning eti rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin vausti qattiq po'st bilan o'ralgan, shuning uchun ular qovoqmevalarga kiradi.Bog'larimizdan keng o‘rin olgan va qattiq danagi, sersuv eti hamda shu danak ichida joylashganikkitadan) mag'izi bilan ajralib turadigan hosil mevalar: o'rik, olxocri, olcha, gilos kabilar danakli mevalardir. Bular inson salomatligi uchun zarur bo'lgan foydali moddalarga va darmondorilarga boy boladi.Ular orasida, ayniqsa, o'rik shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Quruq mevalar chatnaydigan va chatnamaydiganlarga bo'linadi.Chatnamaydiganlargadonlar kiradi. Don mevalio'simliklarga bug'doy, arpa, suli, makkajo'xorikabilar misol bo'ladi. Chatnaydiganmevalarga qo'zoq, qo'zoqcha, dukkaklar,ko'saklar kiradi. Bulaming urug'i pishgachchokidan ochiladi (chatnaydi). Masalan,mosh, loviya, turp, rediska, ajanbiti va boshqalar. Ko sak mevalar bir nechta mevabargdantashkil topgan. Urug’ pishgandan keyinbittadan (ba’zan
chokidan ochiladi. G’o’za,lola, bangidevona,chuchmoma va boychechakning
mevasi ko'sak mevaga kiradi. No'xat, mosh, loviya,burchoq va oq akatsiya dukkak mevali o'simliklardir. Dukkakchetlari bir-biriga qo'shilib ketgan meva bargchalardan iborat.Meva yetilgan vaqtda ikki pallaga ajraladi. Har bir pallaga ichki tomondan urug'lar yopishib turadi. Pallalarorasida to'siq bo'lmaydi.Karam, qurttana, rediska, turp kabi o'simliklarning mevasi dukkakka o'xshasada, lekin orasida tocsig‘i borligi
bilan ulardan farq qiladi. Bunday mevalar qo’zoq va qo'zoqcha deyiladi.
Ayrim (zarang, qayrag'och va shumtolga o‘xshash) manzarali daraxtlaming
mevasi qanotchali bo'ladi. Shuning uchunular qanotchali meva deyiladi.
Ayniqsa, bahorda terakning urug'chituplari mevasi pishgan vaqtda undan
ajralib chiqqan paxta bilan o'ralgandek tuyuladi va uchib yuradi. Aslida esa bir
tutam tuklari yordamida mevasi uchib yuradi. Bunday mevalaruchma meva deyiladi.
Terak allergiya kasalligiga duchor qiladi, shuning uchununi ekmaslik kerak degan fikr ham mavjud, bundan xoli bo'lish uchun terak xalqimiz sevib o'stiradigan yog'ochbop daraxt ekanligini e’tiborga olib, uni (mevasi uchmasligiuchun) urug'chili emas, balki changchili qalamchalardan ko'paytirish kerak.
Dostları ilə paylaş: |