19
davomida sterillanadi. Bunday haroratda mikroorganizmning vegetativ hujayralari
va sporalari nobud bo‗ladi.
Sterillash avtomatik ravishda haroratni ushlab turuvchi maxsus
sterilizatorlar yoki quritish shkaflarida hamda belgilangan
haroratda amalga
oshiriladi (2-jadval).
Sterillanadigan shisha idishlar sterillashdan avval yaxshilab yuvilib,
sterillashdan so‗ng yana mikroorganizmlar bilan ifloslanmasligi uchun qog‘oz
bilan o‗ralishi shart. Undan so‗ng quritish shkaflariga sterillanadigan ididshlar
tig‘iz bo‗lmagan holatda havo oqimi yaxshi
aylanadigan holatda qilib
joylashtiriladi.
2-jadval
Shisha idishlarni quruq issiq yordamida sterillash uchun zarur
bo„lgan harorat
Harorat, °C
Vaqt, daqiqa
140
180
150
150
160
120
170
60
Sterillanishdan so‗ng quritish shkafi ichidagi harorat 80°C tushguncha
ochilmasligi lozim, aks holda shisha idishlarning darz ketishiga sabab bo‗lishi
mumkin.
Asbob-uskunalarni sterillash.
Kichik metal asboblar – ilmoq, ignalar,
pentsetlar, pichoq, shpatellar ishlatishdan oldin olov yordamida sterillanadi.
Bundan tashqari buyum va qoplag‘ich oynalar, shisha tayoqchalar va shpatellar,
chinni (forfor) hovoncha va stupkalar, kolbalarning bo‗yni, probirkalar, butilkalar,
shu bilan bir qatorda paxta tiqinlar kulturalarni ekish
oldidan qisqa muddatli
olovda kuydirib olinadi. Olovda mikroorganizmlarning vegetativ hujayralari va
sporalari nobud bo‗ladi.
Shpiritslar quruq issiq yordamida 160 °С da yig‘ilgan
holatda yoki
yig‘ilmagan holatda sterillanadi. Bunda birinchi holatda sterillanish vaqti 75
daqiqa, ikkinchi holatda esa 60 daqiqa davomida sterillanadi. Yig‘ilgan shprits
ignasi
bilan probirka ichida, paxta probka bilan yopilgan holatda, yig‘ilmagan
shprits esa qog‘oz yoki lattaga o‘ralgan holatda avtoklavda 1 atm da 15-20 daqiqa
davomida sterillnadi. Odatda ularni yig‘ilgan holatda
sterillash maqsadga muvofiq
hisoblanadi, aks holda mikroorganizm bilan ifloslanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: