65
21-labоratоriya mashg‟ulоti
Mavzu: Molekulyar azotni o„zlashtiruvchi anaerob mikroorganizmlarning
elektiv kul‟turasini tayyorlash
Ishning maqsadi:
Bakteriyalarning elektiv kul‘turasini tayyorlashni
o‗rganish.
Аsbob va uskunalar
: Petri likopchalari, tuproq, kurakcha, shakar va
glyukoza, karbol kislotada eritilgan eritrozin bo‗yogʼi, bakterial ilmoq, vannacha,
narvoncha, buyum va qoplagich oynalar, spirt lampasi, kolbada vodoprovod suvi,
shisha tayoqchalar, metil ko‗ki, gentsian violet bo‗yogʼi shimdirilgan filtr
qogʼozi, mikroskop, immertsiya moyi, toluol.
Nazariy ma‟lumot:
Havo tarkibining 75-80% ini azot , 21-23,2% ini kislorod, qolgan 1,3% ini
boshqa inert gazlar tashkil qiladi, bir gektar yer ustidagi havo tarikbida 80 ming
tonnagacha azot elementi bo‗lishiga qaramasdan o‗simliklar molekulyar azotni
o‗zlashtira olmaydi. Shu sababli ekinlarni azot bilan taʼminlash uchun yerga
tarkibida azot bo‗lgan sunʼiy o‗gʼit solinadi. Biroq tabiatdagi molekulyar azotni
baʼzi ko‗k-yashil suvo‗tlari (jumladan,
Nostok muscorum
) va baʼzi bakteriyalar
o‗zlashtirishi ham aniqlangan. Molekulyar azotni o‗zlashtiradigan bakteriyalar
borligini birinchi marta 1893 yilda rus olimi S.N.Vinogradskiy aniqlagan va uni
Clostridium pasteurianum
deb nomlagan. U spora hosil qiluvchi tayoqchasimon
batsilla bo‗lib, spora hosil qilish bosqichida uning vegetativ hujayrasi dukka
o‗xshab qoladi. U anaerob sharoitda moy kislotali bijgʼish jarayonini qo‗zgʼatadi.
Dostları ilə paylaş: