Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

 
 
 
22-labоratоriya mashg‟ulоti 
Mavzu: Aerob azotofiksator mikroorganizmlarning elektiv
kulturasini tayyorlash
 Ishning maqsadi
:
 
Azotabakterning elektiv kulturasini tayyorlashni 
o‗rganish. 
Аsbob va reaktivlar
: Petri likopchasi, tuproq, kurakcha, mannit yoki 
glitserin, karbol kislotada eritilgan eritrozin bo‗yogʼi, buyum oynalari, kedr moyi, 
spirt lampa, bakterial ilmoq. 
Nazariy ma‟lumot: 
Havo tarkibidagi molekulyar azotni yashil o‗simliklar va hayvonlar 
o‗zlashtira olmaydi. Azot moddalarning biologik o‗zgarishida ikki yo‗l bilan 
ishtirok etadi. 
Birinchi yo‗lda elektr zaryadsizlanish vaqtida (kuchli chaqmoq bo‗lganda) 
fotokimyoviy oksidlanish ro‗y beradi, bunda N

→NO
2
ga aylanadi. Hosil bo‗lgan 
NO
2
suvda va tuproqda yana oksidlanib, NO
3
ga aylanadi. Bir yilda yana shu yo‗l 
bilai 1m

maydonda 30 mg NO
3
to‗planadi. 
Ikkinchi yo‗lda molekulyar azotni azot to‗plovchi mikroorganizmlar 
o‗zlashtiradi. Bular ikki gruppaga bo‗linadi: 
1. Tuganak bakteriyalar dukkakli o‗simliklar bilan simbioz holda hayot 
kechirib, molekulyar holdagi azotni o‗zlashtiradi. 
2. Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar azotni o‗zlashtiradi.


67 
Tuganak bakteriyalar. M.S.Voronin (1886) dukkakdosh o‗simliklar ildizida 
mikroorganizmlar borligini aniqlagan. Nemis olimlari G.Gelrigel vaT.Vilfort 
(1886) qizdirilgan (ya‘ni barcha bakteriyalari nobud qilingan) qumga dukkakdosh 
o‗simlik ekib, uning ildizida tuganaklar hosil bo‗lmaganligini kuzatganlar. 
Keyinchalik bu bakteriyalarni gollandiyalik olim M.Beyerink sof holda ajratib 
oladi va
Bact. radicola
deb nomlaydi. Hozir bu bakteriyalar 
Rhizobium 
avlodiga 
kiritilgan. Bundan tashqari 
Azotobakter 
kabi bir qator erkin azotofiksator 
mikroorganizmalar mavjud bo‗lib bu mikroorganizmlar tabiatda azotning davriy 
aylanishi va qishloq xo‗jaligi uchunh tuproqning azot bilan boyishida muhim 
sanaladi. Bunday mikroorganizmlarni o‗rganishda o‗ziga xos yondashuvni talab 
etadi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin